Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga köra, birinçi taşabbus - viloyat elektr energiyasini tejaş böyiça namuna böladi.
Buning uçun barça taşkilotlarga 100 foiz quyoş panellari örnatiladi. Barça suv nasoslarini samarali işlatiş tizimi yölga qöyiladi.
Ikkinçi taşabbus - "Yaşil makon" loyihasini amalga oşirişda viloyat namunaviy hududga aylantiriladi. Buning uçun:
barça fermerlar tomonidan dala çetlariga tut va uzum ekiş tizimi yölga qöyiladi;
viloyat 330 mahallasi va xonadonlarda rayhon va yalpiz ekiş, qayta işlaş va sotiş namunaviy tizimi yaratiladi.
Uşbu taşabbusni amalga oşiriş uçun barça şaroitlar yaratilib, alohida imtiyoz va preferensiyalar joriy qilinadi.
Uçinçi taşabbus - yaylovlarni işga soliş orqali eçkiçilik va qöyçilikni keskin rivojlantiriş.
Viloyatga 200-300 ming boş eçki va qöy olib kelinadi va alohida dastur işlab çiqiladi.
Törtinçi taşabbus - viloyatda infratuzilma obektlari qurilişida resurslarni 30 foizgaça tejaş namunasi.
Uşbu taşabbusni amalga oşirişga, korrupsiyasiz şaffof tizim yaratişga viloyat prokurori mas’ul böladi. Sektor rahbarlari bu tizimni işlatadi.
Yangi hokim va barça sektor rahbarlariga uşbu taşabbuslarni amalga oşiriş orqali bir yil davomida viloyatni işsizlik va kambağallik töliq bartaraf etilgan hududga aylantiriş yuzasidan topşiriqlar berdi.
Yiğiliş yakunida davlat rahbari Navoiy ahliga ezgu tilaklarini bildirib, barçaga yangi muvaffaqiyatlar tiladi.

















