Yangisi qurilmasdan, bori yöq qilinmoqda: Toşkentda 3 ta yirik onko-şifoxonalar yer maydoni bilan sotuvga qöyildi
|20:04 / 23.11.202260 3198 min
Umumiy 17 gektar maydonga ega, bino-inşootlari bilan sotib yuborilayotgan kasalxonalar Toşkentning markaziy va xaridorgir nuqtalarida joylaşgan. Sotiş haqidagi hukumat qarori oçiq manbalarda yöq. Bu jarayonlar mamlakatda yiliga 1 300 kişi onkologik xastalikka çalinayotgan bir vaqtda sodir bölmoqda.
Poytaxtda biryöla uçta kasalxona – Respublika ixtisoslaştirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda uning Toşkent şahar va Toşkent viloyati filiallari bino-inşootlari bilan auksion savdolariga çiqarildi.
9,4 gektar maydonni egallagan Respublika ixtisoslaştirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 281 mlrd 784 mln söm, markazning 4,6 gektar maydonda joylaşgan Toşkent şahar filiali 160 mlrd 557 mln söm hamda markazning 2,6 gektarli Toşkent viloyati filiali 92 mlrd 94 mln söm boşlanğiç bahoda sotuvga qöyilgan. Uçala obekt böyiça ham savdolar 2022 yilning 12 dekabr kuni narxi oşib boriş tartibida ötkaziladi.
Şifoxonalarning auksion savdolariga qöyilgani haqidagi xabar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgaç, Soğliqni saqlaş vazirligi izoh berdi. Unda bildirilişiça, Olmazor tumanida Respublika ixtisoslaştirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining yangi birlaşgan kompleksi barpo etilmoqda. Sotuvga çiqarilgan onkologiya şifoxonalari ana şu yagona unikal kompleksga birlaştiriladi.
Sotuvdan tuşgan mablağ esa mazkur kompleksning quriliş xarajatlariga yönaltiriladi.
Soğliqni saqlaş vazirligining izohida yangi qurilayotgan kompleks 8 qavatli bölişi, unda 17 ta yangi klinik bölim faoliyati yölga qöyilişi, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlanişi, 16 ta reanimatsion va operatsion xonalar eng sönggi texnologiyalar bilan ta’minlanişi, 9 ta bunkerdan iborat radioterapiya arsenali işga tuşirilişi ham ta’kidlab ötilgan.
Mavzuga oid
Yangi kompleks 2023 yilning may oyida işga tuşirilişi rejalaştirilgan. Vazirlik yangi kompleks işga tuşganidan söng ikki oy davomida muassasalardagi bemorlar va zarur uskunalarni köçiriş işlari olib borilişi hamda auksionda ğolib bölgan tadbirkorga köçiş işlari töliq amalga oşmagunça bu yerda heç qanday quriliş işlarini amalga oşirmaslik majburiyati yuklanişi aytilmoqda.
Sotuvga qöyilgan şifoxonalar Toşkent şahrining markaziy va yeri xaridorgir nuqtalarida joylaşgan. Masalan, Respublika ixtisoslaştirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Şayxontohur tumanida, markazning Toşkent şahar filiali Çilonzor tumanida joylaşgan bölib, bu manzillarda 1 sotix yer bozorda 35 mingdan 100 ming dollargaça baholanmoqda. Ammo sotuvga çiqarilgan kasalxonalarning 1 sotix yer maydoni boşlanğiç narxi böyiça joriy kursda 27-31 ming dollarga töğri kelyapti.
Yangi qurilişi aytilayotgan kompleks Olmazor tumanining Şifokorlar köçasida böladi. Bu manzil esa Toşkentning eng çekka hududlaridan hisoblanadi.
Bundan taşqari, Soğliqni saqlaş vazirligi qurilayotgan yangi kompleksda 650 ta statsionar va 100 ta kunduzgi statsionar örin bölişini ma’lum qilgan. Ayni paytda esa Respublika ixtisoslaştirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 370, uning Toşkent şahar filialida 226, Toşkent viloyati filialida 240 ta örin bor – uçalasini qöşganda 836 ta örin, ya’ni yangi kompleksdagidan 86 taga köp.
Qolaversa, şunça bemorni bir joyda yiğiş bemorlar uçun ham, tibbiyot xodimlari uçun ham qator noqulayliklarni keltirib çiqarişi mumkin. Qolaversa, respublikada bolalar örtasida gematologik va onkologik kasalliklar bilan kasallaniş körsatkiçi ortib bormoqda. Uşbu kasalliklardan bolalar ölimi körsatkiçi har 100 ming bolaga nisbatan 9,2 ni taşkil etib, jarohatlanişdan (travmatizm va baxtsiz hodisalar) keyin 2-örinda turadi.
Özbekistonda yiliga örta hisobda 1 300 nafargaça 0–18 yoşli bolalarda gematologik va onkologik kasalliklar birinçi bor qayd etilib, jami kasallanganlar soni 100 ming bolaga nisbatan 7,5 nafarni taşkil etmoqda. Bu raqamlar şifoxonalarni kamaytiriş, birlaştiriş emas, borlarini ham saqlab qolgan holda yangi imkoniyatlarni işga solişni taqozo etadi.
Eng muhimi, onko-şifoxonalarning sotuvga qöyilişi yangi kompleksning qurilişi uçun mablağ “topiş” bilan emas, uşbu yerlarni maksimal darajada tezroq xususiylaştirib olişga intiliş bilan boğliq. Negaki, prezidentning tegişli qarori bilan 2018-2020 yillarda markaz va uning Toşkent şahar va Toşkent viloyati filiallarida yangi korpuslar quriş, ayrimlarini rekonstruksiya qiliş belgilangan.
Öşa qaror ilovasiga köra, 2018-2019 yillar davomida Respublika ixtisoslaştirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida statsionar va eksperimental onkologik ilmiy laboratoriyasi bilan birgalikda radioterapevtik bölimning ikki qavatli binosini, umumiy maydoni kamida 700 metr kvadrat bölgan pozitron-emission tomografiya uçun bir qavatli korpus, umumiy maydoni 1 384 metr kvadrat va 1 213 metr kvadrat bölgan oziq-ovqat bloki va kirxona binolari quriş, şuningdek, xollini qöşimça ravişda qurgan holda markaz asosiy binosining davolaş korpusini hamda maslahat poliklinikasi va umumiy xirurgiya bölimida vivar bilan birgalikda sobiq zavod korpusini rekonstruksiya qiliş közda tutilgan.
Bundan taşqari, 2019 yilda markazning Toşkent viloyati filialida umumiy maydoni 500 metr kvadrat bölgan operatsiya blokini hamda 2020 yilda markazning Toşkent şahar filiali patomorfologiya bölimi uçun umumiy maydoni 700 metr kvadrat bölgan bino quriş rejalaştirilgan.
2019 yilning iyul oyida Respublika ixtisoslaştirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining yangi, zamonaviy Konsultativ-diagnostika poliklinikasi binosi foydalanişga topşirilgan. Mazkur quriliş uçun Investitsiya dasturi asosida 3 qavatli bino rekonstruksiyadan çiqarilib, old qismida 2 qavatli xoll qurilgan.
Şu örinda, sotib yuborilar ekan, nega milliardlab davlat mablağlari sarflanib, bu işlar amalga oşirildi, degan savol tuğiladi. Şuningdek, 2021 yilning may oyida Şavkat Mirziyoyev Respublika ixtisoslaştirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga taşrif buyurganida aynan şifoxonalarni sotib emas, markazning hozirgi imkoniyatlari yetarli emasligini ta’kidlab, yangi binolarini barpo etiş böyiça topşiriq bergandi.
Bundan taşqari, Prezidentning 2021 yil 27 maydagi «Aholiga gematologiya va onkologiya xizmatlarini körsatiş tizimini yanada takomillaştiriş töğrisida»gi qarorida Soğliqni saqlaş, Moliya va Quriliş vazirliklariga hamda Toşkent şahar hokimligiga 2021 yil 1 sentabrga qadar Respublika ixtisoslaştirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi uçun Toşkent tibbiyot akademiyasi klinikasining böş turgan hududida zamonaviy yangi bino-inşootlar kompleksini quriş va jihozlaş böyiça loyiha-smeta hujjatlarini işlab çiqiş vazifasi topşirilgan.
Ammo mazkur qarorda markaz hamda uning Toşkent şahar va Toşkent viloyati filiallari bino-inşootlarini sotuvga çiqariş böyiça heç qanday gap yöq. Ammo hali yangi markaz qurib foydalanişga topşirilmasdan, bemorlar u yerga köçirib ötkazilmasdan şifoxonalar joylaşgan yerlar sotuvga çiqarilmoqda.
Şuningdek, prezidentning yuqoridagi qarorida Moliya vazirligiga onkologiya yordamini takomillaştiriş va onkologiya xizmatini yanada rivojlantiriş bilan boğliq xarajatlar uçun davlat budjetidan 2021 yilda qöşimça 60 mlrd söm hamda 2022 yildan boşlab 125 mlrd sömdan kam bölmagan miqdorda mablağ ajratilişini ta’minlaş yuklatilgan. Ya’ni, markazning quriliş işlari qaysi manba va mablağlar hisobidan olib borilişi belgilab berilmagan.
Öz-özidan tuşunarliki, hokim-u vazirlar masalani «sopini özidan çiqariş» bilan hal etişmoqçi, şunda ham foyda bilan albatta. Bunday harakat – şifoxonalar yerlarining sotib yuborilişi özi şundoq ham «xasta» bölgan tibbiyotimizni «falaj» holga keltirib qöyişi heç gap emas. Pandemiyaning dahşatli kunlari – şifoxonalarda örinlar yetişmasdan hatto omborxonalar va boşqa obektlar kovid-markazlarga aylantirilgani aççiq saboq bölmas ekan, sohada sezilarli özgariş bölişi qiyin.
Ruslan Saburov,
Kun.uz muxbiri
P.S. Maqolaning dastlabki talqinida sotuvga qöyilgan yerlarning boşlanğiç bahosi 1 sotix uçun 3-4 ming dollarga töğri kelişi haqidagi ma’lumot notöğri hisob-kitob asosida keltirilgan. Bu xato Davlat aktivlarini boşqariş agentligining rasmiy munosabatidan keyin tuzatildi.