Moliya vazirligi 2022 yilning I yarim yilligi uçun taşqi qarz holati va dinamikasi haqida ma’lumot berdi.

Qayd etilişiça, davlat qarzi 2022 yilning 1 iyul holatiga 26 mlrd dollarni (şundan davlat taşqi qarzi – 23,26 mlrd dollar, davlat içki qarzi – 2,77 mlrd dollar) yoki yalpi içki mahsulotga (YaIM) nisbatan 35,1 foizni taşkil etgan.

«2022 yil boşidan davlat qarzi qoldiği (AQŞ dollari ekv.) 1 foizga kamaydi. Bunda, davlat budjeti taqçilligining moliyalaştirilişi va investitsion loyihalarning amalga oşirilişi natijasida qarz mablağlarining özlaştirilişi bilan birga 792,5 mln dollar miqdoridagi davlat qarzi söndirildi», – deyiladi hisobotda.

Joriy yil uçun davlat nomidan va davlat kafolati ostida taşqi qarzlarni jalb qiliş böyiça yillik imzolanadigan yangi bitimlarning çeklangan hajmi 4,5 mlrd dollar miqdorida belgilangan.

I yarim yillik davomida yangi imzolangan davlat taşqi qarz bitimlarining hajmi 1,6 mlrd dollarni, davlat budjetini moliyalaştiriş uçun çiqarilgan davlat qimmatli qoğozlarining sof hajmi 2 trln sömni taşkil etgan.

Hisobot davrida davlat içki qarzi 41,4 mln dollarga köpaygan bölsa, davlat taşqi qarzi 302,9 mln dollarga kamaygan.

2022 yil I yarim yilligi yakuni böyiça jami davlat taşqi qarzining 25,8 foizi yoki 6 mlrd dollari davlat budjetini qöllab-quvvatlaşga, 11,8 foizi yoki 2,7 mlrd dollari elektr-energetika sohasiga, 12,8 foizi yoki 3 mlrd dollari energetika sohasiga, 10,6 foizi yoki 2,5 mlrd dollari transport va transport infratuzilmasiga, 10,4 foizi yoki 2,4 mlrd dollari qişloq va suv xöjaligiga, 9,5 foizi yoki 2,2 mlrd dollari uy-joy kommunal xöjaligi sohalariga yönaltirilgan.

2022 yilning I yarim yilligi davomida davlat qarziga xizmat körsatiş (qarzlarni foizi bilan qaytariş) jami xarajatlari 1 mlrd 122,1 mln dollarni taşkil etgan. Şundan 596,6 mln dollari davlat budjetidan, 525,4 mln dollari davlat korxonalari mablağlariga töğri keladi.