22 noyabr kuni Fransiya Taşqi işlar vazirligi binosida ötgan uçraşuvda Airbus hamda Uzbekistan Airways AJ örtasida savdo kelişuviga erişilgan. Gazeta.uz’ning ma’lum qilişiça, kelişuvni Özbekiston Respublikasi transport vaziri Ilhom Mahkamov hamda Airbus International kompaniyasining Şarqiy Yevropa va Markaziy Osiyo böyiça vitse-prezidenti Jak Garrige imzolagan.

Airbus va Uzbekistan Airways örtasida tuzilgan şartnomaga köra, jami 694,3 mln yevroga 8 ta Airbus A-320 NEO va 4 ta Airbus A-321 NEO samolyotlari, şuningdek, 21 mln yevroga 2 ta Airbus H145 vertolyotlari sotib olinadi.

Şu bilan birga, Airbus Özbekistonda öz vertolyotlariga xizmat körsatiş markazini oçiş böyiça ham rejalari borligini ma’lum qilgan. Ta’kidlanişiça, bu böyiça loyihaning qiymati 14,1 million yevroga baholangan.

Bundan taşqari, franuz-italyan ATR (Avions de Transport Régional)  konserni bilan Özbekistonning mahalliy yönalişlarda parvoz qilişga ixtisoslaşgan Silk Avia aviakompaniyasi uçun 100 mln yevro evaziga töğridan-töğri işlab çiqaruvçidan uçta va lizing beruvçidan ikkita — jami 5 ta samolyot xarid qiliş böyiça şartnoma imzolandi, deb xabar beradi Uzbekistan Airports.

Eslatib ötamiz, prezidentning 26 oktyabrdagi qarorida 2022 yilda 3 ta ATR 72-600 rusumli samolyotlarni sotib oliş va 2024 yil söngigaça yana 9 ta ATR samolyotini xarid qiliş va lizingga oliş közda tutilgan.

«Biz aviakompaniyamiz yaqin kelajakda ATR samolyotlarida parvoz qilişni boşlaşidan juda mamnunmiz. Yangi arzon aviakompaniya sifatida biz qaysi samolyot biz uçun eng yaxşi yeçim bölişini çuqur tahlil qildik. ATR 72-600 dunyodagi eng maşhur qisqa masofaga uçuvçi samolyotlardan biridir. A320 ga qaraganda tört barobar kam yoqilği sarflaydigan tejamkor va arzon samolyot yölovçilarga hamyonbop narxlarda işonçlilik va qulaylikni taklif qiliş imkonini beradi», — degan «Uzbekistan Airports» boşqaruvi raisi Ra’no Jörayeva.

Şartnoma doirasida Silk Avia Kanadaning Pratt & Whitney kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan yangi avloddagi PW127XT dvigatellari bilan jihozlangan samolyotlarni xarid qilmoqda. Bu texnik xizmat körsatiş xarajatlarini 20 foizga, yoqilği sarfini 3 foizga qisqartiradi.