Uşbu vulqon Yer yuzidagi faol vulqonlarning eng kattasi bölib, qirq yildan beri «uyquda» edi.
Hozirça, lava oqimlari vulqon qozoni (kaldera) içida qolmoqda, ammo istalgan vaqtda taşqariga otilişi mumkin. Şu sababli, vulqonga yaqin joylarda favqulodda xizmatlar töliq tayyorgarlik holatiga keltirilgan. Agar lava oqişi boşlansa, atrofdagi hududlar aholisi zudlik bilan evakuatsiya qilinadi.
AQŞ Geologik xizmati «lava kalderadan oqib çiqqanga öxşayotgani» haqida xabar berdi.
Havayi Yer yuzidagi vulqonlari eng faol bölgan hududlardan biri hisoblanadi. U yerda oltita faol vulqon bölib, iqtisodiyotga jiddiy zarar yetkazgan sönggi otiliş 2018 yilda sodir bölgan edi.

















