Ukraina Slovakiyadan 30 ta BMP-1 piyoda jangovar maşinasini oldi. Bu haqda Slovakiya mudofaa vaziri Yaroslav Nad ma’lum qildi.
Uskunalar Germaniya bilan kelişuv asosida Ukraina tomoniga topşirildi, deya tuşuntirdi Nad.
U Germaniya mudofaa vaziri Kristin Lambrextga hamkorlik uçun minnatdorçilik bildirdi.
Bundan oldin NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg Şimoliy Atlantika alyansiga a’zo davlatlar örtasida Ukrainaga qöşimça havo mudofaa tizimlarini yetkazib beriş böyiça yangi muzokaralar boşlanişiga umid qilayotgani aytilgandi.
29 noyabr kuni Buxarestda bölib ötadigan NATO taşqi işlar vazirlarining yiğilişi Kiyevni havo hujumidan mudofaa tizimlari bilan ta’minlaş böyiça sa’y-harakatlarni kuçaytiriş zarurligidan dalolat berişi kerak, u ham ehtiyot qismlar va öq-dorilar yetkazib berişga, ham askarlarni tayyorlaşga taalluqli bölişi lozim, dedi Stoltenberg 28 noyabr duşanba kuni Ruminiya prezidenti Klaus Yoxannis bilan uçraşuvdan keyin.
Ötgan haftada u Germaniyaning Kiyevga Patriot raketalarga qarşi mudofaa tizimlarini yetkazib beriş imkoniyatini izohlab, bu qaror «milliy darajada» qabul qilinişi kerakligini ta’kidlagan edi.
Ukraina bilan çegaradan 5 km uzoqlikdagi Polşaning Pşevoduv qişloğida raketa qulaşi munosabati bilan Germaniya Polşa havo hududini himoya qiliş uçun Polşaga Patriot tizimlarini taqdim etişni taklif qildi, biroq Varşava uşbu tizimlarni Ukraina harbiy havo hududiga joylaştirişni yoqladi. Öz navbatida, Germaniya mudofaa vaziri Kristine Lambrext NATOda bu masala böyiça munozaralar ötkazilişi kerakligini aytdi.
Yyens Stoltenbergning fikriça, Rossiya prezidenti Vladimir Putin yaqinlaşib kelayotgan qişdan Ukrainaga qarşi uruşda qurol sifatida foydalanişga harakat qilmoqda. NATO boş kotibi Rossiyaning Ukraina energetika infratuzilmasiga bergan zarbalariga işora qilib, «Ukrainaga özini bu dahşatli uruş usulidan himoya qilişda yordam berişimiz kerak», dedi.
Taşqi işlar vazirlarining Buxarestdagi uçraşuvi nafaqat Ukrainani qöllab-quvvatlaşga, balki Rossiya bilan munosabatlarni yanada rivojlantirişga ham bağişlanadi.


















