Vazirlar Mahkamasining “Nurli maskan” ixtisoslaştirilgan maktab-internatlarida maxsus öquv-işlab çiqariş korxonasi taşkil etiş töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Andijon viloyatidagi 16-sonli «Nurli maskan» maktab-internati böş turgan binosida közi ojiz va zaif köruvçi şaxslar mehnat qilişi uçun tajriba-sinov tariqasida maxsus öquv-işlab çiqariş korxonasi taşkil etilgan.
Xalq ta’limi vazirligi, Içki işlar vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklarining «Nurli maskan» ixtisoslaştirilgan maktab-internatlarida maxsus öquv-işlab çiqariş korxonasi taşkil etiş töğrisidagi taklifi ma’qullanadi.
Qoraqalpoğiston xalq ta’limi vazirligi, Toşkent şahar xalq ta’limi boş boşqarmasi hamda viloyatlar xalq ta’limi boşqarmalari «Nurli maskan» ixtisoslaştirilgan maktab-internatlari hududidan maxsus öquv-işlab çiqariş korxonasi uçun joy ajratişni ta’minlaydi.
Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi, viloyatlar hamda Toşkent şahar hokimliklari:
2023 yil 1 martga qadar hudud infratuzilmasini inobatga olgan holda, «Nurli maskan» ixtisoslaştirilgan maktab-internatlari öquvçilari imkoniyatidan kelib çiqib, maxsus öquv-işlab çiqariş korxonasini taşkil etiş;
2023 yil 1 apreldan boşlab «Nurli maskan» ixtisoslaştirilgan maktab-internatlari öquvçilari uçun öquv-işlab çiqariş korxonasi işlab çiqariş yönalişidan kelib çiqib maxsus amaliy-öquv darslarini joriy etiş;
öquv-işlab çiqariş korxonasini zarur uskunalar, maxsus jihozlar, iş qurollari va anjomlar bilan ta’minlaş hamda işlab çiqariladigan tovar va xizmatlarni realizatsiya qilişda amaliy yordam körsatiş çoralarini köradi.
















