Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida 7 noyabr kuni bölib ötgan mahalliy sanoatni rivojlantiriş masalalariga bağişlangan videoselektor yiğilişida Özbekiston Yevropa Ittifoqining GSP+ imtiyozlar tizimiga qöşilganiga, davlat tomonidan transport xarajatlari uçun 70 foizgaça subsidiyalar ajratilişiga, Yevropa davlatlariga 6,2 ming turdagi mahsulotlarni bojlarsiz eksport qilinişi mumkinligiga şaroitlar yaratilganiga qaramay, Yevropa mamlakatlariga eksport körsatkiçlari töqimaçilik böyiça 6% ni, elektrotexnika – 3% ni, ipakçilik va oziq-ovqat mahsulotlari böyiça esa atigi 1% ni taşkil etişi tanqid qilindi. Mamlakatimiz korxonalariga xalqaro sertifikatlar oliş va taşqi bozorga çiqişda kömaklaşiş zarurligi ta’kidlandi.  

Şu maqsadda, “ÖZBeKEKSPeRTIZA” aksiyadorlik jamiyati boş direktori v.b Artyom Grigoryans 2022 yil 24 noyabr kuni ACIR SOUTHERN EUROPE S.L. kompaniyasi prezidenti Eduard Gulyan va Markaziy Osiyo böyiça mintaqaviy direktori Migel de la Kruz Salsedo bilan uçraşdi.

Foto: ÖZBeKEKSPeRTIZA

Uçraşuv “ÖZBeKEKSPeRTIZA” aksiyadorlik jamiyati negizida qöşma sinov laboratoriyasini taşkil etiş orqali Özbekistonda işlab çiqarilayotgan mahsulotlarni Janubiy Yevropa mamlakatlariga eksport qilişni taşkil etişga kömaklaşiş, xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş va kelgusida Özbekiston tovarlarini Global G.A.P. standartlariga muvofiq sertifikatlaştiriş imkoniyatlarini yaratiş masalalariga bağişlandi.

Foto: ÖZBeKEKSPeRTIZA

“ÖZBeKEKSPeRTIZA” AJ Kompleks ekspertiza va sertifikatlaştiriş boşqarmasi boşliği Azamat Töxtaxunovning sözlariga köra, tovarlarni Global G.A.P böyiça sertifikatlaş Özbekistonda işlab çiqarilayotgan mahsulotlarni Janubiy Yevropa mamlakatlariga eksport qiliş hajmini sezilarli darajada oşiradi.

  ACIR SOUTHERN EUROPE S.L kompaniyasi prezidenti Eduard Gulyan mamlakatimizda amalga oşirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni yuqori baholadi va Ispaniya, Italiya, Portugaliya, Gretsiya, Kipr kabi mamlakatlarda Özbekiston mahsulotlariga qiziqiş ortib borayotganini alohida ta’kidladi.  

Foto: ÖZBeKEKSPeRTIZA

Uçraşuv yakunlariga köra “ÖZBeKEKSPeRTIZA” AJ va ACIR SOUTHERN EUROPE S.L kompaniyasi örtasida Artem Grigoryans va Eduard Gulyan iştirokida loyiha guruhini tuziş va hamkorlikni mustahkamlaş böyiça aniq çora-tadbirlarni nazarda tutuvçi Hadli bitimni imzolaş böyiça kelişuvga erişildi.