Bugun, 27 sentabr kuni Taşqi savdo vazirligi tizimidagi «Özbekekspertiza» AJda kiçik, örta va yirik eksporter korxonalari, jumladan, “Gold Dried Fruits” MÇJ, “Betlis Tekstil” MÇJ, “Stars Waste” MÇJ, “Berad Agro” XK kabi boşqa korxonalar vakillari bilan uçraşuv bölib ötdi.

Uçraşuvda jamiyatning eksportga kömaklaşuvçi xizmatlari sohasida eksportyorlarni qiynab kelayotgan masalalar va ularning yeçimi böyiça ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almaşildi. Jamiyat mutaxassislari uçraşuv iştirokçilarini qiziqtirgan savollariga javob beriş bilan birga ular bilan sertifikatlaş va ekspertiza sohasidagi amalga oşirilişi kerak bölgan işlar böyiça rejalar tuzib olişdi. Ya'ni, jamiyat tomonidan tovarlarni eksport qiliş uçun zarur barça xizmat turlarini “yagona darça” prinsipi asosida töliq amalga oşiriş, kengaytiriş, qöşimça xizmat turlarini kiritiş muhokamasi ötkazildi.

Uçraşuv davomida eksportçilardan sertifikatlaşga tegişli taklif va mulohazalar olindi hamda «Özbekekspertiza» tomonidan tovarlarning kelib çiqişini sertifikatlaş töğrisidagi nizomga kiritilayotgan özgartirişlar, arizalarni elektron tarzda qabul qiliş, ekspertiza ötkaziş muddatlarini qisqartiriş muhokama qilindi. Şuningdek, qişloq xöjaligi mahsulotlarini sertifikatsiyalaş tartibini soddalaştiriş, bir qator davlatlarda eksport qiluvçining mustaqil deklaratsiyasi asosida umumiy şakldagi sertifikatlaş tartibini soddalaştiriş masalalarini taniştiriş maqsadi ham kun mavzusida böldi. Eksportçilarga qulaylik yaratiş maqsadida sutkali uzluksiz xizmat körsatiş uçun navbatçilik hamda jamiyat xizmatlari uçun elektron tölov tizimlari orqali tölovni amalga oşiriş imkoniyati yaratilganiligi alohida ta'kidlab ötildi.

Bundan taşqari, uçraşuvda xalqaro talablarga javob beradigan oziq-ovqat va tekstil mahsulotlari sinov kompleksi va sertifikatlaş organini oçiş töğrisida tadbirkorlar tomonidan takliflar kiritildi.















