Ispaniyada sönggi vaqt içida yuborilgan va içida portlovçi moddalar bölgan beşta xat haqida ma’lum böldi. Konvertlar mamlakat boş vaziriga, Mudofaa vazirligiga, harbiy bazaga, Ukraina elçixonasiga va Ukraina uçun qurol işlab çiqaruvçi kompaniyaga kelgan.
Içida Ukrainaning Ispaniyadagi elçixonasida portlagan moddaga öxşaş portlovçi moslama bölgan xatlar mamlakat boş vaziri Pedro Sançes, Ispaniya Mudofaa vazirligi va Madrid yaqinidagi mamlakat harbiy-havo kuçlari bazasiga ham yuborildi. Bu haqda Ispaniya politsiyasiga tayanib, 1 dekabr, payşanba kuni AFP xabar bermoqda.
Sançes uçun möljallangan portlovçi konvert 24 noyabr kuni uning xavfsizlik guruhi tomonidan topilib, zararsizlantirildi. Maktub oddiy poçta orqali keldi, deya xabar beradi mamlakat Içki işlar vazirligi.
1 dekabr kuni mamlakat Mudofaa vazirligi va Torrexon-de-Ardos şahridagi harbiy aviabazada portlovçi moddalar solingan yana ikkita xat topildi. Maktub bazada joylaşgan va Ukrainaga ma’lumot beruvçi Yevropa sun’iy yöldoş markaziga yöllangan, deb yozadi el Mundo. Bazadan, şuningdek, Ispaniya tomonidan Ukrainaga taqdim etilgan qurol-yaroğlarni jönatiş va yuqori martabali hukumat amaldorlarining rasmiy samolyotlarda parvoz qilişi uçun ham foydalaniladi.
Şu tariqa, Ispaniyada sönggi vaqt içida yuborilgan va içida portlovçi moddalar bölgan beşta xat haqida ma’lum böldi. Bir kun oldin bunday konvertlar Ukrainaning Ispaniyadagi elçixonasiga va qurol, şu jumladan Ukraina uçun ham işlab çiqaruvçi Instalaza kompaniyasiga kelgan.
Ukrainaning Madriddagi elçixonasiga yöllangan maktub elçi Sergey Pogorelsevga möljallangan bölgan. Konvertni elçixona komendanti oçgan, u portlaş natijasida qölidan yengil jarohat olgan va öşa kuni keçqurun kasalxonadan çiqarilgan.
Öşa kuni keçroq Instalaza qurol kompaniyasida şubhali konvert topildi. Unda Ukrainadan jönatilgani yozib qöyilgan bölgan, deb xabar berdi mahalliy amaldor SER radiosiga.
Madriddagi portlaşdan xabardor bölgan kompaniya xodimlari politsiyaga qönğiroq qilgan. Yetib kelgan huquq-tartibot idoralari xodimlari hududni örab olib, konvert sapyorlarga topşirilgan. Rentgen nurlari uning içida portlovçi qurilma va oçilganda uni faollaştiradigan ip borligini körsatgan. Paket boşqariladigan portlaş natijasida yöq qilindi, heç kim jabrlanmadi.
EFE agentligi ma’lumotlariga köra, Ispaniya huquq-tartibot idoralari Ukrainaning Madriddagi elçixonasida yuz bergan portlaşni ehtimoliy terakt sifatida tekşirmoqda.












