2026 yilda AQŞ, Kanada va Meksikada bölib ötadigan jahon çempionati 48 ta jamoa iştirokidagi ilk turnir böladi.
Jahon çempionati taşkilotçilari 48 ta jamoani uçta iştirokçidan iborat 16 ta guruhga ajratişni rejalaştirgan edi. Biroq, endi törtta iştirokçidan iborat 12 ta guruhga ajratiş masalasi muhokama qilinmoqda. Agar reja amalga oşsa, Jahon çempionati 104 ta öyindan iborat böladi, hozirda öyinlar soni 64 taga teng.
Hozirça heç qanday qaror qabul qilinmagan va manfaatdor tomonlar kelgusi oylarda çempionat formatini yana bir bor muhokama qilişi kutilmoqda. Har qanday qaror 2023 yilda qabul qilinişi kerak.
Ekspertlar fikriga köra, agar turnir köproq öyinlarni ötkaziş evaziga yana bir neça kunga uzaytirilsa, na FIFA, na yirik homiylar e’tiroz bildirmaydi. Ular çipta sotiş va boşqa imtiyozlar orqali katta qöşimça daromad olişi mumkin.
Biroq, bunday qaror klublar va futbolçilar kasaba uyuşmalarini ziddiyatga olib kelişi mumkin, çunki taqvim tobora tiğiz bölib borayotgan şaroitda, top-jamoalar yettita emas, balki sakkizta öyin ötkazişi kerak böladi.
Uçta iştirokçidan iborat guruh formati jiddiy kamçiliklarga ega ekani hozirdanoq tan olinmoqda. Masalan, bu sönggi öyindagi norasmiy kelişuvlarga olib kelişi mumkin. Aytaylik, har ikkala jamoa töplar nisbati böyiça pley-offga çiqiş uçun durangga muhtoj bölsa.
Nima bölişidan qat’i nazar, jahon çempionati öyinlari soni ortadi. Turnir 1998 yilda 32 ta jamoaga ötganidan beri 64 ta öyindan iborat. 2026 yilga borib, uni 48 ta jamoaga köpaytiriş kamida 80 ta öyinga olib keladi.












