1 dekabr kuni keçqurun Ukraina qurolli kuçlari Boş ştabi Rossiya qöşinlari Zaporijjya oblastining annexia qilingan qismidan alohida qismlarni olib çiqib ketayotgani, şuningdek, Rossiya tomonidan tayinlangan ma’muriyat xodimlarni evakuatsiya qilişga hozirlik körayotgani haqida xabar berdi.
Meduza naşrining Kremlga yaqin manbasi, şuningdek, Rossiya hukumatiga yaqin suhbatdoşi Rossiya Zaporijjya oblastini butunlay tark etişni «rejalaştirmayotgani»ni aytdi. Biroq, bu manbalarga köra, Moskva öz qöşinlarini Zaporijjya atom elektr stansiyasidan olib çiqişga tayyor. Kreml rejasiga köra, AES yoki Kiyevga yoki Xalqaro atom energetikasi agentligi (MAGATE)ga berilişi mumkin.
Ilgari Rossiya hukumati Zaporijjya atom elektr stansiyasidan qöşinlarni olib çiqiş imkoniyatini oçiqçasiga rad etgan edi. Bundan taşqari, 2022 yil 5 oktyabrda Vladimir Putin stansiyani Rossiya mulkiga ötkaziş va «Zaporojskaya AES» federal unitar korxonasini taşkil etiş töğrisidagi farmonni imzoladi.
Şu bilan birga, Xalqaro atom energetikasi agentligi atom elektr stansiyasi atrofida xavfsizlik zonasini yaratiş tarafdori va bu borada ikki davlat bilan muzokaralar olib bormoqda. 2 dekabr kuni taşkilot rahbari Rafael Grossi stansiya xavfsizligini ta’minlaydigan yeçim «yil oxirigaça topilişi mumkinligi»ni aytdi.
Ukraina rasmiylari, öz navbatida, atom elektr stansiyasini öz nazorati ostiga qaytariş niyatida ekanini ta’kidlamoqda. 28 noyabr kuni «Ukrenergo» rahbari Volodimir Kudritskiy Rossiya qöşinlarining oktyabr oyi boşidan beri Ukrainadagi energetika obektlariga bergan yirik raketa zarbalari oqibatida barça yirik issiqlik va gidro elektr stansiyalariga zarar yetganini aytdi. Bir neça kun oldin, Kudritskiy agar Zaporijjya AES Ukraina nazoratiga qaytsa va «töliq işlasa» mamlakatda energiya tanqisligi bilan boğliq muammolar «juda katta ehtimol» bilan hal bölişini ta’kidlagandi. Uruş boşlanişidan oldin atom elektr stansiyalari Ukrainadagi barça elektr energiyasining qariyb 25 foizini işlab çiqargan.
Meduza naşrining Kreml va Rossiya hukumatiga yaqin manbalariga köra, qöşinlarni AES hududidan olib çiqiş evaziga Rossiya hukumati göyoki Ukraina orqali neft va gazning uzluksiz tranziti böyiça kafolatlar olişini kutmoqda. Kreml va hukumat «kelişuvga tayyor». «Neft va gazni qazib oliş va sotiş Rossiya budjeti uçun juda muhim».
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Meduza bilan yozişmalarida Zaporijjya AES böyiça bunday «kelişuv» ehtimolini rad etdi.













