30 noyabr kuni Toşkentda Özbekiston-Buyuk Britaniya Savdo va sanoat kengaşining (UBTIC) 26-sessiyasi bölib ötdi.

Mazkur sessiya Buyuk Britaniya va Özbekistonning hukumat vakillari va biznes rahbarlarini aloqa örnatiş va ikki tomonlama savdo munosabatlarini muhokama qiliş uçun birlaştiradi.

Forum 1994 yilda Buyuk Britaniya va Özbekiston hukumatlari tomonidan taşkil etilgan bölib, ikki tomonlama savdo va investitsiyalarni oşiriş imkoniyatlarini muhokama qiliş uçun har yili ötkaziladi. Bu yili uşbu tadbir pandemiya bilan boğliq uzilişdan keyin Toşkent şahrida jonli formatda bölib ötdi.

 

uyuk Britaniyaning Şarqiy Yevropa va Markaziy Osiyo böyiça savdo komissari Kenan Poleoning aytişiça, ikki davlat savdo aloqalari ikki barobarga oşgan:

Foto: Buyuk Britaniya elçixonasi matbuot xizmati

“Munosabatlarimizning muvaffaqiyatini 2021 yil noyabrda Özbekiston bilan imtiyozli savdo şartnomasini imzolaganimizdan keyin, mamlakatlarimiz örtasidagi ikki tomonlama savdo hajmi 128 foizga ösgani namoyon qiladi. Şu bois, men mamlakatlarimiz orasidagi iqtisodiy aloqalarning kelajakda yanada ösişiga işonaman.

Bugun men juda xursandman, çunki uşbu tadbirimizda moliyaviy va professional xizmatlar, şuningdek, infratuzilma va quriliş, ta’lim sohasida iş olib boradigan korxonalar bor. Ular birgalikda yangi loyihalar, xizmatlar, dunyo bozori uçun yangi mahsulotlar işlab çiqiş uçun qanday hamkorlik qiliş imkoniyatlarini örganib çiqmoqçilar. Öylaşimça bular juda muhim sohalar”.

Şuningdek, Buyuk Britaniya xalqaro savdo departamenti boş direktori Endryu Mitçel yurtimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar ularni qiziqtirayotganini aytdi:

 ““Mamlakatlarimiz orasidagi masofa uzoq, lekin munosabatlar kuçli va ösib bormoqda. Biz bundan juda mamnunmiz, çunki özaro savdo hajmi yil davomida ikki baravar oşdi. Şuning uçun bizni savdo aloqalarimizni rivojlantiriş istagi birlaştiradi deb öylayman. Bizning katta rejalarimiz bor. Biz bugun Özbekiston boşlagan islohotlar dasturi bu yerda faoliyat yuritayotgan Britaniya korxonalari uçun şaroitlarni yaxşilaşiga işonamiz. Biz savdoning ikkala yönalişda ham ösib borişini xohlaymiz. Bizni çindan ham birlaştiradigan narsa bu aloqalarimizni rivojlantiriş istagi”.