Bitta uydan kuniga 100 ta mahsulot: Andijondagi ko‘rpachilar mahallasi
Andijon tumani “Zavroq” MFY ko‘rpachilar mahallasi nomi bilan tanilgan. Mahalladagi ko‘plab xonadonlar ko‘rpa-to‘shak tayyorlash bilan shug‘ullanadi. Yo‘l bo‘yida esa tayyor mahsulotlarni sotish uchun qator do‘konlar qurilgan.
Bir xonadondan kuniga o‘rtacha 100 dona tayyor mahsulot ishlab chiqariladi.
“Zavroqni hunarmandlar mahallasi ham deb aytishadi. Mashinaga chiqqanda: “Ko‘rpa-to‘shak qiladigan mahallaga olib borib qo‘ying” desangiz, darrov tushunishadi.
10 kishini ish bilan ta’minlaganmiz – ular mahalladagi uyushmagan yoshlar, kelinlar, ayollar. Yarim tayyor mahsulotlarni xarid qilib, uni qayta ishlab, aholiga, chetga tayyor mahsulot qilib beramiz”, – deydi tadbirkor Muqaddas Hojimatova.
Hozirda ko‘rpa-to‘shaklar ichki va tashqi bozorda sotilmoqda. Tashqi bozorlar – Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Rossiya.
“O‘zim shartnoma asosida o‘qiyman. Shartnoma pulimni o‘zim to‘layman. O‘zimning xarajatlarimni ham qoplayman. Umumiy hisobda kuniga 100-150 ta mahsulot chiqaramiz.
Hamma ishning o‘ziga xos mashaqqati bo‘ladi. Mehr bilan ish qilsangiz, mashaqqati ham sezilmaydi”, – deydi yosh tadbirkor.
Bir kunda 100 ta mahsulot tayyorlansa, o‘rtacha 2 million foyda ko‘riladi. Hozirda mahsulotlar eksportini kengaytirish reja qilinyapti.
Abduvali Qurbonov,
Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
19:03 / 16.12.2024
Mahalla bankirlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
10:38 / 13.12.2024
O‘zbekistonda 102 ta ijtimoiy xizmat mahalla darajasiga tushirildi
09:35 / 04.12.2024
Mahallalarda ijtimoiy profilaktika tadbirlari o‘tkaziladi
08:50 / 21.09.2024