Naşr muharrirlarining ta’kidlaşiça, 44 yoşli rahbar yetakçilik fazilatlari va matonatining ajoyib namoyon bölişi tufayli tarixga kirdi. 

Jurnalistlarning ta’kidlaşiça, sobiq komediya yönalişidagi aktyor Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişining «mutlaq yovuzligi»ga qaramay, hazil uçun vaqt topyapti. 

U Ukraina xalqining Rossiya agressiyasiga qarşi kuraşdagi jasorati va matonatining timsoliga aylandi, deyiladi bayonotda.

Bundan oldin Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy mamlakat xalqiga navbatdagi kunlik videomurojaat bilan çiqiş qilgandi.

Siyosatçi Rossiya sovuq va qiyinçilikni «terrorining bir qismi» qilib, Ukrainaga qarşi qişning xususiyatlaridan foydalanişi va ukrainaliklar yaqin oylarda bunga qarşi turiş uçun yanada köproq birdamlik körsatişi kerakligini aytdi.

Volodimir Zelenskiy fuqarolarni bir-biriga yordam berişga, nizo va janjallardan qoçişga çaqirdi. 

Şu bilan birga, u qişni «imtihon sifatida emas, balki vaqt – bizni asosiy narsa – ğalabaga yaqinlaştiradigan jihat» sifatida qabul qilişni maslahat berdi. 

Butun Ukraina yagona «Buzilmas nuqta»ga aylanişi kerak, deya qöşimça qildi davlat rahbari.