Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston konditsionerlarni asosan Xitoydan import qilmoqda
O‘zbekistonga 2022 yil yanvar-oktabr oylarida xorijdan qiymati 63,5 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 278 mingta konditsioner import qilingan.
Foto: Kun.uz
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, konditsioner importi 2021 yil mos davriga nisbatan solishtirilganda 81,6 mingtaga oshgan.
O‘zbekiston 10 oy mobaynida eng ko‘p konditsioner import qilgan davlatlar orasida Xitoy birinchi o‘rinni egallab turibdi – 263,2 ming dona.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ldi:
- Turkiya – 6,9 ming dona;
- Fransiya – 1,1 ming dona;
- Ispaniya – 1,0 ming dona;
- Italiya – 827 dona;
- Koreya – 805 dona;
- BAA – 795 dona;
- Rossiya – 429 dona.
Mavzuga oid
18:54 / 04.12.2025
Sirdaryo viloyatida Xitoy bilan hamkorlikda avtomobil ishlab chiqariladi
17:37 / 04.12.2025
Sirdaryodagi 9 ta tuman-shahar hokimlari Xitoyga yo‘l oladi
11:22 / 04.12.2025
Makron Pekinga keldi: Ukraina urushi va savdo mojarolari muhokama qilinadi
19:03 / 02.12.2025