Unda Özbekistonning Erondagi elçisi B.Abdullayev, Qeshm Air aviakompaniyasi boş direktori, boşqaruv kengaşi raisi R.Hamzeiy, Qeshm Air aviakompaniyasi rasmiy vakili, Hamsafaran Mashhad turkompaniyasi direktori A.Mufidiy va boşqalar iştirok etdi.
Şu kunga qadar Özbekiston va Eron örtasida Zagros Airlines aviakompaniyasi haftasiga bir marta töğridan töğri parvozlarni amalga oşirayotganini qayd etar ekan, elçi joriy yil 22 dekabrdan boşlab Qeshm Air aviakompaniyasi Tehron-Toşkent va Tehron-Samarqand yönalişlari böylab töğridan töğri aviaqatnovlarni amalga oşirişini ma’lum qildi. U Özbekiston va Eron örtasida töğridan töğri aviaqatnovlar yölga qöyilişi turizm sohasini rivojlantirişda alohida örin tutişini ta’kidladi.
Qeshm Air aviakompaniyasi vakili A.Mufidiy uşbu aviakompaniya töğrisida hamda Özbekiston va Eron örtasida töğridan töğri aviaqatnovlar yölga qöyilişi böyiça batafsil ma’lumotlarni tadbir iştirokçilari e’tiboriga havola qildi.
Qeshm Air aviakompaniyasi boş direktori R.Hamzeiy sözga çiqib, Özbekiston va Eron örtasida turizm sohasini rivojlantiriş maqsadida elçixona, Özbekiston Transport vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi hamda ikki mamlakatdagi turkompaniyalar bilan özaro hamkorlikda iş olib borişga tayyor ekanini bildirdi.












