Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bishkekdagi YeOII sammitida O‘zbekiston nomidan Abdulla Aripov ishtirok etadi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga tashrifi keyinroq alohida bo‘lib o‘tadi.
Bugun, 9 dekabr kuni Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar rahbarlari sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Ayni vaqtda RF prezidenti Vladimir Putin ham Bishkekka yetib kelgan.
Qirg‘iziston TIV rahbari o‘rinbosari Aybek Moldogaziyev mahalliy nashrlarga bergan intervyusida O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvchi maqomiga egaligi va bugungi sammitda O‘zbekiston nomidan bosh vazir Abdulla Aripov ishtirok etishini ma’lum qilgan.
U O‘zbekiston rahbarining Qirg‘izistonga davlat tashrifi esa keyinroq alohida amalga oshirilishini qo‘shimcha qilgan.
Ayni vaqtda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Bishkekka yetib bordi. «Manas» xalqaro aeroportida uni Qirg‘iziston vazirlar mahkamasi raisi – prezident ma’muriyati rahbari Oqilbek Japarov kutib oldi.
Bundan oldinroq Qirg‘iziston TIV Shavkat Mirziyoyev 10 dekabr kuni ushbu mamlakatga tashrif buyurishi haqida xabar bergan, O‘zbekiston tomoni esa buni tasdiqlamagandi.
Mavzuga oid
22:33 / 29.05.2026
Putin Armanistonning Yevroittifoqqa intilishiga munosabat bildirdi
16:48 / 29.05.2026
Shavkat Mirziyoyev YeOII bilan hamkorlikni rivojlantirishning 5 ustuvor yo‘nalishini sanadi
22:53 / 13.04.2026
Rossiya O‘zbekistonga neft va gaz yetkazib berish hajmini oshirishini ma’lum qildi
21:06 / 27.03.2026