Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanib kelayotgan şaxs davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilingandan söng tadbirkorlik faoliyatini töxtatib turiş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Nizom loyihasiga köra,, quyidagilar belgilanişi mumkin:
- davlat xizmatçisi bevosita özi şuğullanişi mumkin bölmagan tadbirkorlik faoliyati turlari:
- tadbirkorlik faoliyati sub’yektini taşkil etiş, uning muassisi (iştirokçisi) böliş;
- tadbirkorlik faoliyati sub’yektida taşkiliy-boşqaruv, ma’muriy-xöjalik vazifalarini bajariş;
- tadbirkorlik sub’yektlaridagi uluşlarga, paylarga, aksiyalarga bevosita egalik qiliş.
Davlat xizmatçisi jismoniy şaxs sifatida bevosita özi şuğullanişi mumkin faoliyat turlari:
- şaxsiy tomorqa xöjaligi bilan şuğullaniş, uyida çorvaçilik va parrandaçilik bilan şuğullaniş;
- özini özi band qilgan şaxslar şuğullanişi mumkin bölgan faoliyat (işlar, xizmatlar) turlari va hokazo.
Davlat xizmatiga kirgan şaxs tomonidan tadbirkorlik faoliyati haqida xabardor qiliş tartibi:
- şaxs lavozimiga tayinlangan kundan boşlab uç iş kuni içida tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanişi haqida rahbar kadrlar – Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligini; boşqaruv kadrlar va mutaxassislar – davlat organi korrupsiya qarşi kuraşiş tuzilmasini yozma ravişda xabardor qiladi.
Tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanişni töxtatib turiş tartibi:
- töxtatib turiş şakllari – mol-mulkni işonçli boşqaruvga topşiriş, tadbirkorlik faoliyati sub’yektini vaqtinça boşqarişga beriş, tadbirkorlik faoliyati sub’yekti muassislari (iştirokçilari) tarkibidan ixtiyoriy ravişda çiqiş.
Tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanib kelayotgan davlat xizmatçisi huquqlari va majburiyatlari:
- huquqlari – tadbirkorlik faoliyatini töxtatib turiş şakllaridan birini va muddatini erkin tanlaş; muddatni uzaytiriş va şaklini özgartiriş; işonçli boşqaruvga berilgan mol-mulkdan foyda oliş; öziga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlar böyiça sudga murojaat qiliş;
- majburiyatlari – tadbirkorlik töğrisidagi ma’lumotlarni oşkor qiliş; 3 oy muddat içida tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanişni töxtatib turiş çoralarini köriş; manfaatlar töqnaşuviga yöl qöymaslik.













