Bu haqda Prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov boşçiligida qişni betalafot ötkaziş böyiça navbatdagi videoselektor yiğilişida ma’lum qilingan. 

Administratsiya rahbari «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ raisi Uluğbek Mustafoyevga respublika hududlarida avariyalarni bartaraf qiliş böyiça brigadalar sonini köpaytiriş va avariyalarni töliq bartaraf etiş çoralarini köriş vazifasini topşirdi.

Hududlarda yöl qöyilgan çeklov va yuz bergan avariyalar oqibatida elektr energiyasining uzilişi aholining haqli e’tiroziga sabab bölayotgan ta’kidlab ötildi.

«Bizga kelgan ma’lumotlarga köra, «Öztransgaz»ga qaraşli kompressor stansiyalarida ham jiddiy kamçiliklar mavjud. Jami 37 ta agregatdan 21 tasi ta’mirtalab», — dedi S.Umrzoqov.

Yiğilişda energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov va «Öztransgaz» rahbari Bekzod Normatovga barça agregatlar zudlik bilan işçi holatiga keltiriş vazifasi topşirildi.

«Nosoz agregatlar boşqa qurilmalar zöriqiş bilan işlaşiga olib kelib, texnik nosozliklar kelib çiqişiga va iste’molçilarni barqaror tabiiy gaz bilan ta’minlaş imkonini yöqqa çiqaradi», — dedi S.Umrzoqov.

Şuningdek, bir qator tumanlarda aholini kömir bilan ta’minlaş ham talab darajasida emasligi ta’kidlab ötildi.

Kömir yetkazib beriş körsatkiçlari Qaşqadaryo viloyatining Kökdala (20 foiz) va Qarşi (38 foiz) tumanlarida hamda Navoiy viloyatining Karmana tumanida (22 foiz) ança past darajada qolayotgani qayd etildi.

Energetika vaziri örinbosari Şerzod Xöjayev, «Özbekkömir» AJ boş direktori örinbosari Erkin Yoqubov, «Özbekiston temir yöllari» AJ boşqaruv raisi Husniddin Hasilovga kömir yetkazib beriş böyiça tasdiqlangan yetkazib beriş grafigi ijrosini qat’iy ta’minlaş vazifasi tayinlandi.