Qozoğiston va Özbekiston iqtisodiyotining gazga bölgan talabi, ayniqsa, uşbu davlatlarning eksport majburiyatlarini hisobga olgan holda oşadi, şu bois bu davlatlar va Rossiya rahbariyati Rossiya gazini bu mamlakatlarga yetkazib berişni köpaytiriş imkoniyatlarini muhokama qilmoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin YeOII sammiti yakunlari böyiça Bişkekda ötkazilgan matbuot anjumanida gapirdi. 

Uning sözlariga köra, buni amalga oşiriş va gaz yetkazib beriş uçun gaz transporti infratuzilmasini modernizatsiya qiliş va hatto yangi gaz quvurlarini barpo etiş talab qilinişi mumkin. Şu jumladan, Rossiya hududida qiymati 260 milliard rubl bölgan gaz transporti infratuzilmasini quriş kerak böladi. 

«YeOII mamlakatlari iqtisodiyoti ösib bormoqda va bundan keyin ham ösişda davom etadi. Bu energiya resurslarini iste’mol qiliş hajmi oşadi degani. Hozir gaz yetişmayapti. Qozoğiston va Özbekiston kabi gaz işlab çiqaruvçi davlatlar esa kelajakka qaramoqda, kelgusi yillarda qança gaz kerakligini hisoblab körmoqda va qöşimça hajmlar kerak bölişi haqida xulosa qilmoqda. Bularning barçasi imkoniyatlarimizni taqqoslaşga, qöşimça nima qilişimiz mumkinligini çamalaşga majburlaydi. Ha, biz qila olamiz», dedi Rossiya prezidenti. 

Tomonlar gaz uzatiş infratuzilmasini rivojlantiriş sohasidagi köplab masalalarni hal qilişi kerak. «Özaro kelişuvni, muvofiqlaştirişni, ba’zan murosani talab etadigan qarorlarni qabul qilişga töğri kelişi mumkin. Bunday yeçimlar topilişi aniq. Şu ma’noda, bu qandaydir energiya alyansi bölişi mumkin», dedi Putin. 

Şuningdek, Rossiya prezidenti YeOII doirasidagi yagona gaz bozorini yaratişga tayyorgarlik körilayotganini ham eslatdi. «Ammo bizning YeOII davlatlari oldidagi majburiyatlarimiz ham bor. Özbekiston - hozirça kuzatuvçi. Lekin Özbekiston uçun ham bu albatta YeOII faoliyati bilan yaqindan tanişiş va til topişiş uçun sababdir. Bu yerda yengib ötilmaydigan birorta tösiq yöq», deb qöşimça qildi u. 

«Aytgança, hamma tayyor. Va birgalikda işlaşni xohlaşadi, hatto qöşma sarmoyalarga ham tayyor. Bu yaxşi, katta iş - kelajak uçun yaxşi istiqbolga ega. Bu iş boşlandi, yaxşi boşlandi. Işonçim komilki, natijalar yaxşi böladi. Hozir Moskvaga hamkasblar kelişadi - Qozoğiston, Özbekiston. Miller (Gazprom rahbari) ham u yerga boradi. Boş vazir örinbosarlari darajasida iş olib borilmoqda», - deb xulosa qildi Putin. 

Rossiya, Qozoğiston va Özbekiston örtasidagi «Uç tomonlama gaz bitimi» rejalari haqida birinçi marta Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev aytgan edi. Uning ta’kidlaşiça, bu taşabbus Rossiya prezidenti tomonidan çiqqan. «Bugun Vladimir Vladimiroviç öziga xos uç tomonlama (gaz) ittifoqi tuzişimiz kerakligini aytdi. U şu mavzuda Özbekiston prezidentiga qönğiroq qilmoqçi. Biz ham bu mavzuni çuqur örganişimiz kerak», — degan edi Töqayev.