— Abdulla aka, şu kunlarda mamlakatda energiya resurslari yetişmovçiligi va Rossiya taklif qilgan ittifoq masalasi eng köp muhokama qilinmoqda. Keling, suhbatimizni şu mavzularning ikkinçisidan boşlasak.

Putin taklif qilgan uç tomonlama ittifoq.

Özbekiston Energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov Özbekiston Rossiya bilan gaz şartnomasiga kirmasligi, import böyiça kelişuv bölsa, u faqat savdo kelişuvi orqali bölişini aytdi. Ammo Putin ittifoq şartlariga barça mamlakatlar rozi demoqda. Şu jarayonni qanday tahlil qilgan bölardingiz?

Mirzamahmudovning bayonotini Özbekistonning pozitsiyasi, yakuniy qarori sifatida baholaş mumkinmi? Ya’ni Özbekiston Rossiyaga uzil-kesil yöq dedimi?

— Mirzamahmudovning fikrida ikkita tezis aytildi. Birinçisi – biz siyosiy şartlar qöyilgan biror munosabatlarga kirmaymiz, deyildi va bu juda töğri.

Ikkinçi tezis şunday böldiki, ha, bugungi kunda Özbekistonda gaz muammosi bor, lekin biz uni faqat tijoriy şartnomalar asosida, siyosiy şartlarsiz import qilişimiz mumkin.

Xöş, iqtisodiy va siyosiy şartnomalar örtasida qanday çegara bor? Buni biz bilmaymiz. Şuningdek, siyosiy şartlar deb nima nazarda tutilyapti, siyosiy şartlarsiz iqtisodiy şartnoma deganda-çi? Buni ham bilmaymiz.

Şuning uçun rasmiy bayonotlar öz yöliga, lekin şartnomaning matni e’lon qilinmagunça savolingizga uzil-kesil javob berolmaymiz.

— Biz, Putin gapiraveradi, bosim qilaveradi, lekin öz yölimizdan qaytmaymiz, deyişimiz mumkin edi. Lekin “gaz ittifoqi” loyihasi matni uçta davlat örtasida öta maxfiy tarzda aylanmoqda. Şu sababdan ham turli şubhalar borki, balki hukumat bu ittifoqqa kirar-u, buni xalq bilişini istamas.

— Töğri, bunday xavotirlarga örin bor. Çunki gaz yetişmovçiligi bor deyilgandan keyin unga yeçim sifatida darhol import taklif qilinyaptiki, özimizda gaz yöq emiş. Bu yerda ikkinçi tezis notöğri, çunki gazimiz bor. Katta-katta investorlarni qiziqtiradigan, millionlab debit beradigan gaz konlarimiz kam, lekin kuniga 200 ming, 500 ming va million kub metr gaz beradigan konlarimiz ham bor.

Hamma muammo şundaki, bugungi kunda butun Özbekiston hududi turli investorlarga investitsion bölaklar qilib bölib berilgan. Qarangki, asosiy qaziş işlari sovet ittifoqi davrida qaysi yerda va qaysi konlarda amalga oşirilayotgan bölsa, bugun ham aynan şu hududlarda amalga oşirilmoqda. Ya’ni geologiya razvedka işlariga pul köp ajratilmagan va u deyarli olib borilmayapti. Ajratilgan pullar esa öz joyiga emas, Özbekiston xalq xöjaligiga kerak bölmagan loyihalarga sarflanganini körişimiz mumkin.