Oliy Majlis Senatining yangi binosida ham energotaqçillik sezilyapti. Bu haqda senatorlar Bahodir Tojiyev va Farhod Boqiyev Uzreport TV'ga bergan intervyusida aytişdi.

“Bugun Senatdayam svet öçyapti. Töğrisini aytaman, özim ikkinçi qavatda işlayman, xonamning harorati 15-20 darajadan oşmayapti. [Xonamda] paltomni kiyib ötiraman, buni men yaşirmayman”, – deydi Bahodir Tojiyev.

U 8 yildan beri Toşkentda yaşaşi, şaharda hali heç bunaqa sovuqni körmaganini aytadi.

“Ijtimoiy tarmoqlarda xalqimizning haqli e’tirozlari bölayotganini kuzatyapmiz, bu jarayonda tomoşabin bölib turişga heç birimizning haqqimiz yöq. Bu muammolar tez kunlarda bartaraf qilinadi. Bunaqangi sovuqni biz kutişimiz kerak, qiş kelsa albatta sovuq böladi, bunga tayyorgarlik körişimiz kerak. Iş bölyapti, muammolar kelib çiqyapti, lekin prezidentimiz rahbarligida barça soha mutaxassislari tun-u kun xalqimizni rozi qiliş uçun muammolarni bartaraf qiliş ustida işlaşmoqda”, deydi Senatning Agrar, suv xöjaligi masalalari va ekologiya qömitasi raisi Bahodir Tojiyev.

Yana bir senator Farhod Boqiyev “manaman degan davlatlarda ham” energiya ta’minotida “beqarorlik” bölayotganini aytgan.

“Senatda bino issiqmi-yöqmi degan savoldan boşlaylik. Senatdayam binolar sovuq. Salqin xonada ötiribmiz. Yaşiradigan joyi yöq, bu fakt. Bugungi kunda manaman degan rivojlangan davlatlardayam energoresurslar bilan boğliq beqarorlik yuz beryapti.

Ikkinçidan, bugun iste’mol keskin darajada oşib ketdi. Ayni paytda eksport töxtatilgan, Özbekiston birorta çet davlatga tabiiy gazni eksport qilmayapti. Davlat bugungi kunda aholini gaz, elektr energiyasi bilan ta’minlaş uçun bu resurslarni xorijdan import qilmoqda. Bu ayni paytda kerak va töğri qaror deb öylayman.

Gaz bilan, elektr energiyasi resurslari bilan yuzaga kelişi mumkin bölgan taqçilliklarning mohiyatini yoz oylarida ham xalqimizga tuşuntiriş imkoniyati mavjud edi. Öşa paytdanoq bu narsalarni tuşuntirib kelganimizda edi ayrim masalalarda tayyorgarlik boşqaçaroq bölgan bölarmidi?

Bugungi kunda yaşil energetikaga ötiş, muqobil energiyaning foydasi qançalik yuqori ekanini statistika ham körsatmoqda. Bu borada ham Özbekistonda aniq strategiya, aniq çora-tadbirlar bor. Biroq quruq gaplardan köra aniq amalda körsatib beradigan tizim, misollar ustida işlasak, buning natijasiga tezroq yetib boramiz.

Senatorlar har bitta hududga biriktirilgan bölib, bugungi murakkab vaziyatda ular har bitta mahallada uyma-uy yurişibdi. Xalqning muammolarini parlament eşityapti, eşitmayapti emas. Ijtimoiy tarmoqda çiqqan voqelik qaysidir mas’ul vazirlik tizimiga tegişli bölsa-da, bu masala parlamentning tegişli qömitasi tomonidan davlat nazoratiga olinmoqda”, degan Farhod Boqiyev.