Prezidentning “Nurafşon davlat universiteti faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Oliy ta’lim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi hamda Toşkent viloyati hokimligining Nurafşon şahrida Nurafşon davlat universitetini taşkil etiş töğrisidagi taklifiga rozilik beriladi.

Quyidagilar universitet asosiy faoliyat yönalişlari etib belgilanadi:

  • hududda pedagogika, iqtisodiyot, transport logistikasi sohalari rivojlaniş istiqbollari va ustuvor vazifalarini, zamonaviy texnika hamda texnologiyalar rivojlaniş tendensiyalarini hisobga olgan holda ehtiyoj yuqori bölgan mutaxassisliklar böyiça amaliy könikmalarni egallagan professional oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlaş;
  • xorijiy yetakçi va nufuzli oliy ta’lim muassasalari ilğor tajribasini tatbiq etiş asosida malaka talablari, öquv rejalari va fan dasturlarini işlab çiqiş, öquv va ilmiy-metodik ta’minotni takomillaştiriş va amaliyotga joriy etiş;
  • ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etiş, zamonaviy axborot-kommunikatsiya va ta’lim texnologiyalari mustahkam integratsiyasini ta’minlaş;
  • tegişli soha yönalişlari böyiça kadrlar malakasini oşiriş va ularni qayta tayyorlaş, ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni hal etişga qaratilgan innovatsion tadqiqotlarni faol rivojlantiriş;
  • respublika va xorijiy oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy markazlarga iqtidorli yoş bitiruvçilarni magistratura va doktoranturaga muntazam yuboriş orqali universitet ilmiy-pedagogik salohiyatini oşirib boriş;
  • öquv jarayoniga ilğor xorijiy tajribalarni, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini tatbiq etiş, oçiq axborot-ta’lim muhitini ta’minlaş;
  • iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlaridan kelib çiqib, mehnat bozorida raqobatbardoş oliy ma’lumotli mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlarni, zamonaviy texnologiyalar böyiça çuqur bilimga ega mutaxassislarni tayyorlaş, qayta tayyorlaş va ular malakasini oşiriş böyiça uzluksiz ta’lim tizimini yaratiş;
  • yetakçi xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qöşma ta’lim dasturlari va ilmiy loyihalarni joriy etiş, universitet professor-öqituvçilari malakasini oşiriş, bitiruvçilar respublika va xorijiy oliy ta’lim muassasalarida (ilmiy markazlarda) magistratura va doktorantura dasturlari böyiça tahsil olişlarini taşkil etiş;
  • öquv jarayonini talabalarda mustaqil ta’lim oliş, tizimli tahlil qiliş, ijodiy fikrlaş va amaliy, tadbirkorlik könikmalarini şakllantirişga yönaltiriş;