Toşkent viloyatining Ohangaron tumanida Spark haydovçisi piyodani urib yubordi. Bu haqda YHXX matbuot xizmati xabar qildi.

Hodisa 13 dekabr kuni soat 9:45 larda Ohangaron tumani hududidan ötgan Olmaliq-Toşkent yölida yuz bergan. Spark haydovçisi yölning örtasida harakatlanib ketayotgan piyodani urib yuborib, unda yordam körsatmasdan voqea joyidan ketib qolgan. Oqibatda piyoda vafot etgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) va 117-moddasi (Xavf ostida qoldiriş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Surxondaryo viloyati Uzun tumanida birovning maşinasini boşqargan 18 yoşli yigit tezlikni oşirib YTH sodir etgan. Viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar berişiça, hodisa 17 dekabr kuni soat 00:40 larda Uzun tumani Qaraşiq mahallasidan ötgan 4R-108A avtomobil yölida sodir bölgan.

Foto: Videodan kadr

Sariosiyo-Uzun yönalişida harakatlanyotgan Lacetti maşinasi haydovçining tezlikni oşirişi natijasida boşqaruvni yöqotgan. Söng yöl çetidagi daraxtga urilgan. Oqibatda maşina haydovçisi tan jarohatlari bilan şifoxonaga yotqizilgan. Uning yonida bölgan örtoği vafot etgan.

Dastlabki suriştiruvda aniqlanişiça, 18 yoşli yigitda haydovçilik malakasi va yetarliça tajriba bölmagan. Maşina uning qöşnisiniki bölib, yigit uni söroqsiz boşqarib ketgan.