Uzum Market mutaxassislari Yangi yil bayramida qanday sovğa olişni istaşlarini va öz yaqinlariga nima sovğa qilişni rejalaştirişayotganiga aniqlik kiritdi. Bu yil eng köp orzu qilingan sovğalar qatoridan smartfonlar, maişiy texnika, kiyim-keçak va aksessuarlar joy oldi, ya’ni 26 yoşgaça bölgan yoşlar smartfonni orzu qilişsa, mamlakatimizning nisbatan katta yoşli aholisi sovğa sifatida maişiy texnika olişdan xursand bölişadi. Va, albatta, yoşlar töy, romantik sayohat va bolalar haqida ham orzu qiladi.

Mamlakatning 5000 dan ortiq aholisi iştirok etgan tadqiqot natijalari şuni körsatdiki, özbekistonliklar Yangi yilga tayyorgarlik körişga puxta yondaşişadi – sörovnomada iştirok etganlarning yarmidan köpi sovğalarni oldindan sotib olişlarini aytişgan. Şu bilan birga, mamlakat aholisining 86 foizi bayramni uylarida, faqat eng yaqin insonlaridan 2-3 tasini taklif qilgan holda nişonlaşni rejalaştirmoqda.

Bu yil eng köp istak bildirilgan sovğalar röyxatida: smartfonlar, maişiy texnika, kiyim-keçak va aksessuarlar örin egallagan. Qizlar, şuningdek, şirinliklar, gullar yoki taqinçoqlar olişdan, erkaklar esa soat yoki noutbukdan xursand bölişlarini ta’kidlaşgan. Kitoblar ham eng yaxşi sovğa unvonini saqlab qolgan - sörovnomada qatnaşganlarning taxminan 10 foizi uy kutubxonasini mamnuniyat bilan töldirişlarini aytib ötişgan.

Sörovnoma ma’lumotlarini Uzum Market statistikasi ham tasdiqlaydi: dekabr oyining ikkinçi haftasida saytda smartfon va maişiy texnika savdosi 20 foizga, kiyim-keçak va poyabzalga talab 40 foizga ortgan, şirinliklar esa 2 baravar ommalaşgan. Foydalanuvçilar uy bezaklari haqida ham unutişgani yöq: arça, yaltiroq tasmalar va bayramona Yangi yil liboslari ham sotuvda yetakçilar qatorida turibdi.

– Bugungi kunda Uzum Market marketpleysida mijozlarimiz butun oila a’zolari uçun sovğalar topişlari va ularni tezkor yetkazib beriş xizmati orqali yagona saytdan buyurtma qila olişlari uçun yirik brendlarning ham, mahalliy sotuvçilarning ham 100 000 dan ortiq turdagi tovarlari namoyiş etilmoqda, deydi Uzum Market marketpleysi boş direktori örinbosari Akmal Rahimov. — Yangi yil sovğalarini xarid qiliş jarayoni yanada qiziqarli bölişi uçun esa 16 dekabr kuni platformada ön minglab tovarlar, jumladan smartfonlar, yangi yil salatlari uçun yaşil nöxatlar, bolalar öyinçoqlariga 80 foizgaça çegirmalar bilan Yangi yil oldi arzonlaştirilgan sotuvi boşlanadi.