Prezident parlamentga murojaatida energetika sohasida erkin bozorga ötişda şoşma-şoşarlik bilan qaror qabul qilinmasligi, lekin odamlarni rozi qilib, erkin bozor yönalişiga ötilişini ta’kidladi.
«Uy, işxona, boğça, maktab va köçalarda odamlarimizga energiyaning qadriga yetiş, uni tejaşni örgatiş kerak. Qonunlarimizda ham bu masalalarni mustahkamlaş zarur.
Şu bilan birga, kiçik hajmdagi qayta tiklanuvçi energiya manbalaridan foydalaniş keskin oşiriladi.
Misol uçun, Toşkent viloyatida Olmaliq, Bekobod kombinatlari va boşqa yirik korxonalar öz ehtiyojlari uçun 1 ming megavattli quyoş elektr stansiyalarini örnatsa, yiliga 2,5 milliard kilovatt soat elektr işlab çiqariladi.
Bu orqali, Toşkent viloyatining qariyb 30 foiz elektr iste’moli ta’minlanadi va 500 million kub metr gaz tejaladi.
Xuddi şunday, boşqa viloyatlar ham, hisob-kitoblarini qilib, kelgusi yil uçun aniq rejalarini belgilab olişi kerak.
Şu bilan birga, respublikaning har bir tuman va şahar hokimi ham öz hududidagi xonadon va korxonalarda jami 5-10 megavattli qayta tiklanuvçi energiya loyihalarini amalga oşirişi şart», — dedi Mirziyoyev.
Gaz zaxiralarini köpaytiriş maqsadida geologiya-qidiruv işlari böyiça ön yillik dastur qabul qilinadi.
«Bunda, yangi texnologiyalarni joriy etib, ilk bor çuqur qatlamlarda (6 kilometrdan köp) gaz qazib çiqariş işlarini boşlaymiz.
Heç qaçon 6 kilometrdan pastga tuşmaganmiz. Endi tuşyapmiz, imkoniyat katta, gaz bor. Lekin uni qazib oliş qimmat.
Jumladan, Ustyurtning yuqori istiqbolga ega çuqur qatlamlarida qidiruv işlariga nufuzli xorijiy investorlar jalb qilinadi.
Gaz qazib çiqarişga oldin berilgan barça litsenziyalar qayta körib çiqiladi, samarasiz işlayotgan korxonalar böyiça tegişli çoralar köriladi», — dedi Şavkat Mirziyoyev.












