«Metallurgiya sohasida amalga oşirilayotgan katta dasturlarimiz, beş yildan keyin misni 3 barobarga (500 ming tonna), oltinni esa, yiliga 150 tonnagaça oşiriş imkonini beradi. Kimyo, avtomobilsozlik va qişloq xöjaligi maşinasozligida ham katta-katta loyihalar işga tuşiriladi.
Şu bilan birga, faol investitsiyalar jalb qilişda xususiylaştiriş va davlat-xususiy şerikçilik imkoniyatlaridan töliq va samarali foydalaniş zarur. Kelasi yili “katta xususiylaştiriş”ni boşlaymiz, mingga yaqin korxonalar savdoga çiqariladi», — dedi prezident.
Şuningdek, 2023 yilda eng yirik 10 ta kompaniyalar va tijorat banklar aksiyalari aholi uçun oçiq va şaffof savdoga çiqariladi.

«Bugun könglimdagi bitta niyatimni sizlarga oçiq aytmoqçiman. Mening katta niyatim – yurtdoşlarimiz orasida yuz minglab mulkdorlar, aksiyadorlar paydo bölsin. Odamlarimiz öz omonatlarini investitsiya qilib, yuqori daromadlarga ega bölsin.
Şuning uçun, topşiriq berdim. Keyingi yilda eng yirik 10 ta kompaniyalar va tijorat banklarimizni aksiyalari öz aholimiz uçun oçiq va şaffof savdoga çiqariladi. Bu çinakam xalq “Ay-Pi-O”si bölişiga işonaman.
Şu borada ilgari ham aytgan gapimni takrorlaşni örinli, deb bilaman: xalq boy bölsa, davlat ham boy va qudratli böladi», — dedi Şavkat Mirziyoyev.












