Çimyon asosan yozning issiğida va qişda, dekabr-yanvar oylarida gavjum böladi.

Men yoşligimda köp bor qorda sirpançiq, çana uçgan bölsam-da, biror marta çanği uçmaganman. Aynan Çimyonda özimni çanği uçişda sinab kördim. Toğga çiqmasang, dölona qayda, deganlaridek, maşaqqatiga va könikmalarini örganişga hafsala qilsangiz, bu maşğulot ajoyib ekan. Faqat ehtiyotkorlikni yöqotmagan holda, örgatuvçining körsatmalariga amal qiliş kerak.

Bu yerda çanğidan boşqa qorda uçişga ballonlar, otda sayr va kvadrosikllar ham bor. Umuman olganda, qorda köngil yoziş va içingizdagi ğuborlarni çiqarib yuborişga Çimyondek joyni topiş muşkul.

Narxlarga keladigan bölsak, çanğining bir soatlik ijarasi 40-50 ming söm. Ballonlar ham şunday, 40-50 ming söm atrofida. Kvadrosiklda bir martalik aylanib keliş esa 50 ming söm.

Otda sayr qiliş esa 3 yönaliş böylab böladi va ularning narxi 30 ming, 150 ming va 200 ming. Bu narxlar dekabr oyi oxiri yanvar oyi boşlarida kötariladi. Lekin bir narsaga ehtiyot böling, otga minayotganda narxini kelişib, qaytadigan manzilingizni aniq bilib çiqişni tavsiya beramiz.

Qişloqdagi har bir oila borki turizm ortidan pul topadi. Kimdir oti bilan, kimdir sanatoriyada xodim bölib işlaydi, kimdir çanği ijaraga beradi va yana kimdir uyiga ijaraçi qöyadi.

Çimyonga keluvçilar köpligining sabablaridan yana biri – dor yöli. Uning uzunligi 800 metr, yuqori stansiyasi 1925 metr balandlikda joylaşgan. Çanği uçuvçilar va yuqoridan atrof gözalligini tomoşa qiluvçilar dor yölidan yuqoriga kötariladi. Narxi – kattalarga 25 ming söm, bolalarga 10 ming söm.

Men osma arqonning yarmidan ötgunça, heç narsani his qilmay, oddiy tepalikka kötarib çiqadigan inşoot deya öylagandim. Yarmidan ötişni boşlaganda, qaydanam şu tepalikka çiqdim, degan qörquv paydo böldi. Töğrisi, bunaqa baland joyi borligini öylamagandim. 50 metrça yuqoridan ötgan qismida odam bir seskanib oladi. Yuqoriga çiqib, u yerdan atrofdagi manzarani körişni boşlagan odam, osma arqondagi qörquvni bir zumda esidan çiqaradi. Manzarani tasvirlaşga esa til ojiz. Uni faqat şu yerga kelib körib, his qiliş mumkin.

Bu ajoyib manzil sizning va yaqinlaringizning madaniy hordiq çiqarişi uçun ajoyib tanlov. Dekabr, yanvar va fevral oylarida ham bemalol borişingiz mumkin. Avval aytganimizdek, safar qiling, salomat bölasiz. Kelasi manzillarda körişgunça.