Prezident iqtisodiy islohotlar qat’iy davom ettirilib, içki imkoniyatlar töliq safarbar qilinib, xususiy sektor yanada qöllab-quvvatlanişini ta’kidladi.
Birinçi navbatda, hududlar örtasidagi iqtisodiy tengsizlikni qisqartiriş, barça tuman va şaharlarni bir maromda rivojlantiriş böyiça yangiça yondaşuvlar joriy etiladi.
Kelgusi yildan tuman va şaharlar mavjud şaroiti, salohiyati va imkoniyatlaridan kelib çiqib 5 ta toifaga ajratiladi.
Tadbirkorlar uçun subsidiya, kreditlar va kompensatsiyalar toifalardan kelib çiqib ajratiladi. Ular uçun soliq stavkalari har xil böladi.
Biznesga soliq yukini kamaytiriş böyiça işlar davom ettiriladi. Jumladan, 1 yanvardan qöşilgan qiymat soliği stavkasini 15 foizdan 12 foizga pasaytiriş hisobiga tadbirkorlar ixtiyorida yiliga kamida 14 trillion söm mablağ qoladi.
Ilğor tajribalar asosida soliq va bojxona ma’murçiligi jiddiy isloh qilinadi.












