Project C.U.R.E. O‘zbekiston ehtiyojlari uchun tibbiy buyumlar bilan yangi konteyner jo‘natadi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Vashingtonga tashrifi doirasida Orolbo‘yi mintaqasini qo‘llab-quvvatlash uchun mablag‘ yig‘ish bo‘yicha xayriya tadbirida ishtirok etdi.

Foto: Dunyo
Tadbir doirasida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norovning Project C.U.R.E. xayriya tashkiloti prezidenti Duglas Jyekson bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Muloqot chog‘ida navbatdagi gumanitar yuklarni O‘zbekistonga yetkazib berish va hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Project C.U.R.E. tomonidan Orolbo‘yi mintaqasidagi vaziyatni yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash uchun AQShdan donorlarni jalb qilish bo‘yicha sa’y-harakatlarni davom ettirishga tayyor ekani ma’lum qilindi. «Moliyalashtirishni o‘rganayotgan ko‘ngillilarimiz navbatdagi gumanitar yordam konteynerlarini yetkazib berish uchun mablag‘ yig‘ishda davom etmoqda», dedi Duglas Jyekson.
Project C.U.R.E. rahbari bilan muzokaralar yakunida O‘zbekiston ehtiyojlari uchun tibbiy buyumlar bilan 1,5 million dollarlik yangi konteyner jo‘natishga kelishib olindi.
Ilgari Qoraqalpog‘istonga 3 million dollarlik tibbiy asbob-uskunalar va sog‘liqni saqlash buyumlari yetkazib berilgan edi. 2022 yil iyul oyida Qoraqalpog‘iston tibbiyot muassasalariga berilgan 2,9 ming dona tibbiy buyumlarni o‘z ichiga olgan umumiy og‘irligi 16,8 tonna bo‘lgan yana to‘rtta konteyner yetkazib berish tashkil etildi.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyada tarqalayotgan «noma’lum virus» mikoplazma pnevmoniyasi bo‘lib chiqdi
Jahon | 20:35
-
Forbes milliarderlar ro‘yxatini yangiladi: Usmonov O‘zbekiston vakili sifatida ko‘rsatilgan
Jahon | 20:26
-
Ramzon Qodirovning voyaga yetmagan o‘g‘li Checheniston politsiyasi kuratori etib tayinlandi
Jahon | 20:24
-
Germaniya Ikkinchi jahon urushidan beri birinchi marta qo‘shinlarini xorijga joylashtiradi
Jahon | 20:21
Mavzuga oid

15:27 / 21.06.2023
Vladimir Norov pensiyaga chiqdi

20:49 / 10.01.2023
Vladimir Norovning yangi ish joyi ma’lum qilindi

13:46 / 30.12.2022
Vladimir Norov Tashqi ishlar vaziri lavozimidan ozod etildi

15:10 / 27.12.2022