Şu yilning may oyida Braziliyada eşitişida nuqsoni bölgan sportçilar örtasida ötkazilgan yozgi olimpiada öyinlarida Özbekistondan 31 nafar sportçi iştirok etgandi. Musobaqada sportçilarning 3 nafari bronza medalini qölga kiritgan. Ular munosib taqdirlanmagani uçun hukumatdan noroziliklarini bildirişmoqda.

XXIV yozgi Surdlimpiya öyinlarida Dilbar Tojiboyeva, Maftuna Abdiyusupova, Gözal Eşmirzayeva bronza medalini qölga kiritişgan. Ularning murabbiyi Davron Xidirovning aytişiça, şogirdlariga e’tibor qaratişni sörab, Sportni rivojlantiriş vazirligiga murojaat qilgan. Murabbiy xatiga javoban vazirlik boş vazir Abdulla Aripovga 2022 yilning 8 iyunda bronza medalini qölga kiritgan har bir surdlimpiyaçiga 10 000 dollar, sportçilarni tayyorlagan murabbiylarga 5 000 dollar miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlaşini sörab murojaat yöllagan. Buni vazirlik Kun.uz’ga ham tasdiqladi.

«Biz qölimizda qaror bölmay turib ularga pul ajratolmaymiz. Hozir bu masalani hukumat körib çiqyapti. Prezident qaroriga köra, hozir faqat xalqaro çempionatlarda olimpiada va paralimpiyaçilarga pul ajratiş masalasi körsatilgan. Biz boş vazirga kiritgan taklifda ularning yonida surdlimpiaçilarni ham taqdirlaş masalasini qöyganmiz, lekin qaçon hal bölişini bilmaymiz», – dedi vazirlik rasmiysi.

Vazirlikning aytişiça, ular sovrindor bölib kelgan sportçilarning har biriga 10 million söm, murabbiylariga 5 million söm vazirlik hisobidan berib taqdirlaşni taklif qilişgan, lekin surdlimpiaçilar buni rad etgan.

«Bunga sabab – deydi murabbiy Davron Xidirov – sportçilarning yillar davomida maşğulotga borib kelişiga yölkira xarajatiga bundan ham köp xarajat ketgan. Misol uçun Maftuna Abdiyusupova Toşkent viloyati, Parkent tumanida yaşaydi. Maşğulotlarga Toşkent şahriga qatnaydi, maşğulotlar esa odatda keç soat 20.00dan 22.00gaça böladi. «Tasavvur qiling, bunday payt borib keliş uçun yölkiraga qança sarflanadi?»

Şu masalani bir neça bor yozgan karlar jamiyati faoli Ma’murjon Ahlidinov bu sportçilarga e’tibor berilmayotgani sabab, ular keyingi yillardan musobaqada qatnaşiş yoki ğolib bölib kelişga harakat qilmay qöyişadi degan fikrda.

«Bilişimça, eşitişida nuqsoni bölgan sportçilarga Qozoğiston hukumati xuddi Olimpiya va Paralimpiya ğolib, sovrindorlari kabi 75, 150 va 250 ming dollar (bronza, kumuş va oltin medal uçun) mukofot puli ajratişni va’da qilgan.

Braziliyada bölib ötgan surdlimpiya öyinlarda qozoqlar 4 ta oltin, 7 ta kumuş va 18 ta bronzani qölga kiritişdi. Bu – Qozoğiston Surdlimpiya öyinlari ğolib va sovrindorlariga budjetidan 3 million 400 ming AQŞ dollari ajratadi degani. Balki şuning uçun ham qozoqlar Braziliyadagi musobaqada 29ta medalni qölga kiritişdi», – deydi u.