Bryusseldagi Birinçi instansiya sudi dastlabki tergov palatasi Yevroparlament (YeP) sobiq vitse-prezidenti Yeva Kayliga nisbatan uşlab turiş muddatini bir oyga uzaytirdi. Bu haqda 22 dekabr, payşanba kuni Bryussel federal prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.
Gap federal prokuratura va federal politsiya tomonidan Yevroparlamentda korrupsiya, pul yuviş va jinoiy hamjamiyatni taşkil etiş böyiça keng kölamli tergov ötkazilayotgani haqida bormoqda.
Agar Kaylining himoyaçisi 24 soat içida bu qaror ustidan şikoyat qilsa, u 15 kun içida Bryussel Apellyatsiya sudi ayblov palatasiga kelişi kerak.
Şu tariqa, TV5MONDE kanali xabar berişiça, sobiq amaldorning elektron bilaguzuk taqiş imkoniyati haqidagi sörovi rad etilgan.
Kayli korrupsiya holatini rad etadi, dedi uning advokatlari 22 dekabr kuni ertalab. U tergovga «faol yordam» körsatgani va qoçiş xavfi yöqligi uçun elektron bilaguzuk bilan tergov hibsxonasidan ozod etilişiga umid qilgan.
Yeva Kayli 13 dekabr kuni öz lavozimidan çetlaştirildi. U Butungretsiya sotsialistik harakati (PASOK) va Yevropa Parlamentining Sotsial-demokratik fraksiyasidan çiqarib yuborildi.
Yevroparlamentning 14 nafar rais örinbosarlaridan biri Yeva Kayli bir vaqtning özida Qatardagi mehnat bozoridagi vaziyatni kuzatiş böyiça vakillardan biri bölgan, u yerda huquq faollari Osiyo va Afrikadan kelgan mehnat muhojirlari huquqlarining köplab buzilişi holatlarini qayd etgan. 2022 yilgi futbol böyiça jahon çempionati boşlanişidan biroz oldin Kayli Qatar mehnat vaziri bilan uçraşdi va 22 noyabr kuni YePda sözga çiqib, Qatardagi mehnat bozori islohotiga ijobiy baho berdi, uni «arab dunyosini ilhomlantirdi» deb atadi. Dekabr oyi boşida Kayli jahon çempionatiga mezbonlik qilgan Qatar tomonidan ehtimoliy korrupsiya böyiça tergov doirasida kamida olti gumonlanuvçidan biriga aylandi.
Bir neça kun oldin ular qölga olindi, tintuv paytida kompyuterlar, mobil telefonlar va 600 ming yevro musodara qilindi.
Belgiya sud manbasiga köra, Kaylining Bryusseldagi kvartirasidan 150 ming yevrolik banknotalar bilan töldirilgan sumkalar topilgan.
11 dekabr kuni Belgiya hukumati tört nafar gumonlanuvçiga ayblov e’lon qildi va ularni hibsga olişga order berdi. «Ular jinoiy taşkilotda iştirok etiş, pul yuviş va korrupsiyada ayblanmoqda», — deyiladi prokuratura xabarida. Kaylidan taşqari, Belgiya ommaviy axborot vositalarining xabar berişiça, uning parlament maslahatçisi Françesko Jorji, sotsialistik fraksiyadan Yevroparlamentning italiyalik sobiq deputati Per-Antonio Panseri hibsga olingan. Bundan taşqari, No Peace Without Justice nodavlat taşkiloti boş kotibi Nikkolo Figa-Talamanka elektron bilaguzuk taqiş haqida körsatma oldi, ammo apellyatsiyadan söng u vaqtinça bekor qilindi. Uning advokatiga köra, sud majlisi 27 dekabrga belgilangan.










