HUAWEI nova smartfonlarining har bitta avlodi ilğor texnologiyalar asosida yaratilib, zamonaviy dizayn, qudratli kamera, a’lo darajali funksiyalar va intellektual muloqotda öz aksini topuvçi innovatsiyalar ğoyasini ifoda etadi. Yangi HUAWEI nova 10 seriyasi ham mazkur ğoyani davom ettirgan holda HUAWEI nova 10 Pro, HUAWEI nova 10 va HUAWEI nova 10 SE modellarini qamrab oluvçi 10-avlod qurilmalarining silsilasini boşlab berdi. HUAWEI nova 10 seriyasi xozirgi davr va kelajak tendensiyalarini özida mujassamlaştirib, yoş avlod foydalanuvçilarining individualligiga urğu beradi.

Quyida HUAWEI nova 10 seriyasidagi qurilmalarning texnik xususiyatlari va funksiyalari haqida ma’lumot keltiriladi.

Zamonaviy inflyuyenserlar uçun başang dizayn

HUAWEI nova 10 seriyasi HUAWEI nova dizayni asosida yaratilgan. Avvalgi avlod qurilmalari, masalan, HUAWEI nova 8 konstruksiyasida orbital halqa işlatilgan. HUAWEI nova 9 seriyasida esa şu’la effektiga ega nur qaytaruvçi şişa qöllangan. HUAWEI nova 10 seriyasida orbital halqaning original dizayni takomillaşib, unga yana ipakday mayin, jilolari miltillovçi şakl bilan işlangan orqa panel yuzasining yangi dizayni qöşildi. HUAWEI nova 10 seriyasida funksionallik va qulaylik örtasida oltin muvozanat öz ifodasini topgan.

HUAWEI nova boşqa Huawei smartfonlari orasida özining noyob palitrasi bilan ajralib turadi. HUAWEI nova seriyasidagi barça smartfonlar avvaldan özining rangdor yeçimlari bilan kişini lol qoldirib kelgan, masalan HUAWEI nova 7 uçun yaratilgan Fazoviy kulrang va HUAWEI nova 8 uçun kaşf etilgan Upadek puşti ranglar bunga yaqqol misoldir. HUAWEI nova 9 seriyasida yulduzsimon moviy rang yaratiş uçun şu’la effektiga ega nur qaytaruvçi şişa texnologiyasi qöllangan.

HUAWEI nova 10 seriyasi miltillovçi kulrang, porloq qora, yalpizsimon yaşil va Lavanda ranglarida taqdim etilgan bölib, ularning fazoviy şu’lasi qanday uslubligidan kat’iy nazar, sizning qiyofangizni boşqalardan yaqqol ajratib turadi. Haşamat va noziklik tarovatini hosil qiliş uçun bir xil tusli va neytral kiyimlar bilan miltillovçi kulrang va porloq qora rangidagi nova 10 Pro modelini uyğunlaştiriş tavsiya etiladi. Yalpizsimon yaşil rangdagi nova 10 SE navqironlik va hayotiy quvvatni a’lo darajada ta’kidlay oladi, mayin Lavanda rangli nova 10 esa sokinlik va tabiat bilan qorişiş hissiyotini yaratadi. Bu har ikkala model rang-barang libos yoki guldor naqşli aksessuarlarni xuş köradigan zamonaviy inflyuyenserlarga mos tuşib, ularning qiyofasiga bir maromda zeb bağişlay oladi.