Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston temiryöllari” aktivlaridan samarali foydalaniş çora-tadbirlari töğrisida"gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Qaror bilan "Özbekiston temiryöllari"ning 11 ta obektlarini davlat boşqaruvi organlari va tegişli taşkilotlarga ulardan samarali foydalaniş uçun berilişi, jamiyatning va 8 korxonasini qayta taşkil etilişi belgilanmoqda.

Qarorda şuningdek:

  • tegişli vazirlik va idoralar berilayotgan aktivlardan foydalaniş va saqlaş xarajatlari tegişli vazirlik va idoralar budjetlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa manbalar hisobidan amalga oşirilişi;  
  • davlat boşqaruvi organlari va tegişli taşkilotlarga, keyinçalik ulardan samarali foydalaniş uçun davlat uluşini kamaytiriş hisobiga yoki beğaraz beriladigan “Özbekiston temiryöllari” va uning taşkiliy tuzilmasiga kiruvçi korxonalarining aktivlarning ötkazilişi tovarni realizatsiya qiliş böyiça aylanma sifatida qaralmaydi va iqtisodiy jihatdan özini oqlaydigan bepul tovar berilişiga tenglaştirilişi;
  • “Özbekiston temiryöllari” taşkiliy tuzilmasiga kiruvçi qayta taşkil etilayotgan korxonalarning ustav fondi mazkur korxonalarni sof aktivlari qiymatida şakllantiriladi hamda uşbu mol-mulklar soliq soliş obekti sifatida qaralmasligi belgilanmoqda.

Jamiyat tomonidan investitsiya loyihalarini amalga oşiriş uçun jalb qilgan kreditlari jami 2,9 mlrd dollarni taşkil etib, dastlabki hisob-kitoblarga köra, 2022-2025 yillarda kreditlar va ularning foizni qaytariş böyiça tölovlarning yillik örtaça miqdori 220 mln dollarni, ya’ni jamiyat yillik tuşumining örtaça 25 foizini taşkil etmoqda.

Şunga asosan “Özbekiston temiryöllari” tarkibidagi nosohaviy aktivlarni, şu jumladan, prezidentning “Iqtisodiyotda davlat iştirokini yanada qisqartiriş va xususiylaştirişni jadallaştirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qaroriga ilovalarda “Özbekiston temiryöllari” tegişli aktivlarini sotişdan tuşadigan mablağlar “Özbekiston temir-yöllari” hisobraqamiga tuşiriş orqali jalb qilingan kreditlarni qoplaşga yönaltirilişi belgilanmoqda.