Uzum Market marketpleysida mamlakatimizning barça hududlaridan tadbirkorlar, şuningdek, yirik işlab çiqaruvçilar va rasmiy distribyutorlar öz mahsulotlarini sotmoqdalar – hozirda marketpleysda Artel, Bosch, Viessmann, Shivaki, Avalon, Beko, Braun, Gefest, LG, Tefal, Philips, Sony va boşqa köplab brendlar taqdim etilgan.
Yirik işlab çiqaruvçilar va distribyutorlar uçun marketpleysga çiqiş savdo geografiyasini kengaytiriş, şuningdek, yangi savdo kanallaridan foydalaniş imkoniyatini yaratadi. Marketpleysning logistik imkoniyatlari va marketing vositalari kompaniyalarga öz infratuzilmasini rivojlantirişga vaqt va pul sarflamasdan tezda yangi mijozlarni jalb qiliş va savdoni oşiriş imkonini beradi.
— Marketpleysning asosiy muvaffaqiyat omillari bu – assortiment kengligi va xizmat körsatiş sifati. Çeksiz onlayn javonda yirik brendlar mahsulotlari, jumladan, noyob ShSB ham, şuningdek kiçik kompaniyalar takliflari ham taqdim etiladi, – deydi Uzum Market marketpleysi boş direktori örinbosari Akmal Rahimov. – Şu bilan birga, yirik brendlar ham, mahalliy biznes ham, kimdir taklifning öziga xosligi tufayli, kimdir esa öz narx toifasidagi yetakçilik tufayli bizdan öz xaridorlarini topadi. Geografiya kengayişi bilan bizning platformamizda öz mahsulotlarini sotadigan tadbirkorlar soni ham ortadi, çunki ular Uzum Marketʼda sotiladigan tovarlarni öz şaharlaridagi tarqatiş nuqtalariga olib kelişlari mumkin böladi, bu esa xizmatimizni juda kiçik kompaniyalar uçun ham qulayroq qiladi.
— Uzum Market bilan hamkorlik biz uçun yangi kanallar hisobiga savdo geografiyasini kengaytiriş, şuningdek, marketpleyslarni faol örganayotgan foydalanuvçilarni jalb qiliş imkoniyatidir, — deydi Artel korporativ mijozlari bilan işlaş departamenti direktori Kamoliddin Tölaganov. — Xizmat qançalik tez rivojlanib, geografiyasi kengayib borayotganini körib, işimizning dastlabki natijalarini baholar ekanman, ayni vaqtda biz Uzum bilan hamkorlikni rivojlantirişdan manfaatdor ekanimizni bildiraman. Bugungi kunda marketpleysda 170 ga yaqin mahsulot nomi taqdim etilgan va biz uşbu assortimentni faol ravişda kengaytirişni rejalaştirmoqdamiz.
Butun mamlakat böylab mahsulot sotişni boşlaş uçun Uzum Market
















