Amerikaning Amazon konserni işdan qisqartiriş doirasida 18 000 dan ortiq xodimlarini böşatadi, bu haqda uning boş direktori Endi Jyessi 5 yanvar, payşanba kuni ma’lum qildi. Qaror 2023 yilni rejalaştiriş doirasida «iqtisoddagi noaniqliklar va sönggi ikki yil içida köp sonli xodimlarni işga yollaş munosabati bilan qabul qilindi», — deyiladi kompaniya xabarida. Qisqartirişlar, asosan, savdo va xodimlarni yollaş bölimlariga ta’sir qiladi, dedi Jyessi.
18 000 kişining ketişi Amazon tarixidagi eng katta bir martalik qisqartiriş böladi, deb xabar beradi AFP. Işdan böşatişlar 2022 yilda boşlangan, öşanda kompaniyani 10 000 kişi tark etişi rejalaştirilgan edi, deb eslaydi The Wall Street Journal.
Amazon koronavirus pandemiyasi şaroitida öz xodimlari sonini sezilarli darajada oşirdi, sababi bu davrda onlayn tijorat keskin ösdi. 2022 yilning birinçi çoragida kompaniyada butun dunyo böylab 1,62 million kişi işlagan bölsa, sentabrga kelib bu raqam 1,54 millionga kamaydi, deb yozadi AFP.
Ötgan yilning uçinçi çoragida Amazon’ning sof foydasi 2021 yilning şu davriga nisbatan töqqiz foizga kamaydi. 2022 yilning sönggi uç oyida kompaniya öz standartlari böyiça arzimas ösişni kutmoqda – yillik nisbatda 2 foizdan 8 foizgaça.
WSJ ta’kidlaşiça, Amazon’dagi qisqartirişlar sönggi yillarda xodimlar sonini juda tez kengaytirganini tan olgan boşqa texnologiya kompaniyalaridagi tendensiyaga mos keladi. Facebook’ning boş kompaniyasi Meta noyabr oyida 11 ming xodimni işdan böşatişini e’lon qilgan. Oktabr oyida Twitter yangi rahbari Ilon Mask özining 7500 nafar xodimining yarmini işdan böşatdi. Avgust oyi oxirida Snapchat ham xodimlarini 20 foizga qisqartirdi, deb yozadi naşr.












