“Özgidromet” xabariga köra, 9-11 yanvarda respublika hududining katta qismida yoğingarçilik (yomğir, qor) böladi. Toğoldi va toğli hududlarda qor yoğadi, ba’zi joylarda kuçli böladi.
9-10 yanvarda ba’zi joylarda şamol 15-20 m/s gaça kuçayişi mumkin.
10-15 yanvarda respublika böyiça anomal sovuq ob-havo bölişi kutilmoqda. Havo harorati keçalari 12-17 daraja sovuqqaça, kunduz kunlari 5-8 daraja sovuqqaça; şimolda keçalari 17-22 daraja sovuqqaça, Ustyurtda va çöl hududlarda ba’zi joylarda 25-27 daraja sovuqqaça, kunduz kunlari 7-10 daraja sovuqqaça, janubda va Farğona vodiysida keçalari 5-10 daraja sovuqqaça, kunduz kunlari 2-5 daraja sovuqqaça pasayadi.
Yöllarda ba’zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi.












