Uning sözlariga köra, 4 yanvar kuni Baxmutning artilleriyadan öqqa tutilişi oqibatida ikki ayol kişi halok bölgan. 

«Duşman şaharga kirişga qança urinmasin, u oldinga siljimaydi. U nima bölmasin, avvalgi pozitsiyalariga, ya’ni şahar taşqarisiga çiqarib taşlandi. Aslida ular hozir tekis hamda böşab qolgan hududda. Bu haqda şaxsiy tarkib orasida katta yöqotişlarga sabab bölmoqda», dedi Kirilenko umummilliy telemarafon efirida.

Amerika uruşni örganiş institutining (Institute for the study of war, ISW) yangi xulosasiga köra, Rossiya armiyasi Donetsk viloyatining Baxmut hududida hujum sur’atini saqlab qolişi qiyin bölişi mumkin. 

Mutaxassislarning ta’kidlaşiça, Rossiya kuçlarining imkoniyatlariga Britaniya Mudofaa vazirligi ta’riflagan öq-dorilar taqçilligi ham, sönggi haftalarda «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasining katta yöqotişlari ham ta’sir qilişi mumkin. 

Rossiyaning Baxmutga davom etayotgan va resurs talab qiladigan bosimi Rossiyaning Donbass harbiy harakatlar teatrida uzoq muddatli maqsadlarga erişiş qobiliyatiga putur yetkazişi mumkin, deydi tahlilçilar.

Ularning ta’kidlaşiça, bahor va yozda rus qöşinlari Severodonetsk va Lisiçanskni egallaş uçun katta resurs sarflagan.