Uning sözlariga köra, Ğarbda jami 12 ming kişi tayyorgarlikdan ötgan.

Bundan oldin Yevropa Ittifoqi Ukraina armiyasi uçun EUMAM Yevropa Ittifoqining maxsus öquv missiyasi boşlanganini e’lon qilgandi. Bu qaror YeIga a’zo davlatlar tomonidan rekord vaqt içida qabul qilindi.

Kamida 15 000 nafar ukrainalik harbiyni asosiy tayyorgarlikdan ötkaziş uçun möljallangan missiya Polşada öz işini boşlaydi, dedi Borrel. Uning ta’kidlaşiça, köplab Yevropa Ittifoqi davlatlari unda iştirok etiş niyatida. Ular orasida, masalan, Ruminiya, Irlandiya, Slovakiya bor, bu haqda uşbu mamlakatlar taşqi işlar vazirlari Bryusseldagi uçraşuv arafasida ma’lum qildi.

«Missiyaning maqsadi xalqaro tan olingan çegaralar doirasida öz hududiy yaxlitligini himoya qiliş, suverenitetini samarali amalga oşiriş va harbiy harakatlarni samarali ötkaziş uçun Ukraina Qurolli kuçlari jangovar qobiliyatini oşirişga hissa qöşişdir», — deyiladi Yevropa Ittifoqi kengaşi bayonotida.

Missiya Ukraina Qurolli kuçlari va hududiy mudofaa kuçlarining «individual, jamoaviy va ixtisoslaştirilgan» tayyorgarligi, şuningdek, missiyani qöllab-quvvatlovçi «a’zo davlatlarning faoliyatini muvofiqlaştiriş va sinxronlaştiriş» bilan şuğullanadi, deb xabar berdi Yevropa Ittifoqi kengaşi.