Unga köra, endilikda bir yil davomida 1-sinflar uçun öquv haftaligi 33 hafta, 2 – 11-sinflar uçun esa 34 haftadan oşmasligi kerak.
Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati xabar berişiça, maktablarda haftalik öquv yuklamasining maksimal darajasiga bölgan gigiyenik talablar quyidagiça belgilangan:
1-sinflar uçun haftasiga öqiş 22 soatdan oşmasligi kerak. Darslar kuniga 4 soatdan, haftada 2 kun 5 soatdan köp bölmasligi (5 soatlik öquv kunida jismoniy tarbiya yoki yengil fanlar – texnologiya, tasviriy san’at, musiqa madaniyati, tarbiya fanlari öqitiladi) kerak;
2 – 4-sinflar uçun darslar kuniga 4 soatdan va haftada 4 kun 5 soatdan köp bölmasligi (5 soatlik öquv kunida jismoniy tarbiya yoki yengil fanlar – texnologiya, tasviriy san’at, musiqa madaniyati, tarbiya fanlari öqitiladi) kerak;
5 – 9-sinflar uçun darslar kuniga 6 soatdan köp bölmasligi kerak;
10 – 11-sinflar uçun darslar kuniga 6 soatdan köp bölmasligi kerak;












