Amerikaning Virgin Orbit kompaniyasi tomonidan 10 yanvar, seşanbaga ötar keçasi uçirilgan LauncherOne raketasi «anomaliya» tufayli Yer orbitasiga çiqa olmadi, deb xabar berdi matbuot xizmati. Bu Virgin Orbit kompaniyasining Buyuk Britaniya hududidan orbitaga birinçi kosmik kema uçirilişi edi.

9 ta sun’iy yöldoşni orbitaga çiqarişi kerak bölgan raketa-taşuvçi Cosmic Girl nomli özgartirilgan Boeing-747 samolyoti bortida bölgan. Samolyot 9 yanvar kuni keçki payt Angliya janubi-ğarbidagi Nyuki aeroportidan uçgan.

Samolyot havoga kötarilganidan bir yarim soat ötgaç, Atlantika okeanidan 10,7 km balandlikda bölganida, raketa uçirdi. Biroq Start Me Up deb nomlangan missiyani muvaffaqiyatli bajarişning imkoni bölmadi. Raketa birinçi bosqiç dvigatelini işga tuşirdi va past Yer orbitasiga kötarila boşladi, lekin uni yakunlay olmadi.

Şu bilan birga, Boeing-747 Kornuollga eson-omon qöndi. Ma’lum qilinişiça, LauncherOne raketasi orbitaga olib çiqişi kerak bölgan sun’iy yöldoşlardan ham fuqarolik, ham harbiy maqsadlarda foydalaniş mumkin.

Britaniyalik milliarder Riçard Brensonning Kaliforniyada joylaşgan Virgin Orbit kompaniyasi 2021 yildan buyon AQŞ hududidan Tinç okeani uzra törtta şunga öxşaş raketa uçirilişini muvaffaqiyatli amalga oşirdi.

Nyuki aeroporti Buyuk Britaniya rivojlantirmoqçi bölgan yettita kosmoportlardan biridir. 2023 yil davomida Şotlandiyada birinçi vertikal raketa uçirilişi kutilmoqda. Birlaşgan qirollik hukumati kelgusi 10 yil içida Buyuk Britaniyaning kosmik sanoati bozori 3,8 milliard funt sterlingga (4,3 milliard yevro) yetişini kutmoqda.