Hindistonning Uttar-Pradeş ştati ma’muriyati Özbekistonda kamida 20 nafar bolaning ölimiga sabab bölgani aytilayotgan “Dok-1 MAKS” siropini işlab çiqaruvçi Marion Biotech farmatsevtika kompaniyasi litsenziyalarini töxtatdi. Bu haqda Business Standard xabar berdi.
«Kompaniyaga biologik va nobiologik dori vositalarini işlab çiqariş uçun berilgan litsenziyalar keyingi xabarnomagaça töxtatib qöyildi», dedi Oziq-ovqat va dori vositalari xavfsizligi departamenti vakili.
Lisenziyalarning töxtatilişiga Marion Biotech kompaniyasining Noida şahridagi zavodida işlab çiqariş jarayoni bilan boğliq qonunbuzarliklar sababini körsatiş böyiça qöyilgan talabga javob bermagani sabab bölgan. Rasmiy xabarnoma kompaniyaga 30 dekabrda yuborilgan, javob 5 yanvargaça bölişi kerak edi.
«Biz qöşimça vaqt berdik, lekin kompaniya javob bermadi va tekşiriş vaqtida zavodda aniqlangan qonunbuzarliklarni baholab, keça işlab çiqariş litsenziyasini töxtatiş töğrisida qaror qabul qilindi», dedi rasmiy.
Uning sözlariga köra, Marion Biotech dori vositalarida zaharli etilenglikol moddasining me’yordan ortiq ekani sinov natijalarida aniqlansa, kompaniya jazoga tortiladi.
Özbekiston Soğliqni saqlaş vazirligiga köra, Marion Biotech kompaniyasi işlab çiqargan “Dok-1 MAKS” va “Ambronol” dori vositalari tarkibida propilenglikol örniga yoki u bilan birga zaharli etilenglikol va dietilenglikol moddalari aniqlangan.









