Kun.uz muxbiri Yakkaboğ tumanida bölib, voqea tafsilotlarini örgandi.
Voqea 2023 yilning 3 yanvar kuni 18:20 larda M-39 “Toşkent-Termiz” xalqaro avtomobil yölining Yakkaboğ tumani “Mevazor” MFY hududida sodir bölgan.



Mevazor mahallasi raisi Ilhom Errahmatovning aytişiça, YTH oqibatida halok bölgan oila boşliği şu mahallada tuğilgan. U qarindoşlarinikiga ayoli va ikki nafar yoş bolasi bilan mehmonga kelgan. YTH sodir bölgan nuqtada piyodalar harakatlanişi uçun maxsus yöl belgilari örnatilgan bölib, er-xotin ikki farzandini kötarib ötayotgan bölgan. Yöl örtasida ularni Toşkent yönalişidan kelayotgan Nexia-2 maşinasi urib yuborgan va oila a’zolarining barçasi halok bölgan.
Voqeadan uç kun ötib uşbu nuqtaga svetofor örnatilgan.
Mudhiş YTH oqibatida biror vakili omon qolmagan yoş oilaning qarindoşlari oğir tuşkunlikda bölgani sababli ularni bezovta qilmaslikni lozim topdik.
Qaşqadaryo viloyati IIB JXX YHXB axborot xizmati rahbari Mansur Egamberdiyevga köra haydovçi qamoqqa olingan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Haydovçi 1998 yilda tuğilgan bölib, u haydovçilik guvohnomasini 2021 yilning dekabr oyida olgan. Uning haydovçilik tajribasi atigi bir yilni taşkil qilib, Toşkent-Qaşqadaryo yönalişida odam taşiş bilan şuğullanib kelgan.
Isomiddin Pölatov, Kun.uz muxbiri
Tasvirçi va montaj ustasi: Jahongir Aliboyev.











