Navoiy viloyati hokimligining rasmiy xabariga köra, viloyat hududidagi 230 ta maktabda öquv jarayonlari ertaga, 12 yanvar kunidan boşlanadi. 

“Gidrometeorologiya xizmati markazining Navoiy viloyati böyiça bergan ob-havo ma’lumotlariga tayanilgan holda, joriy yilning 12 yanvar kunidan Navoiy şahridagi 21 ta, Karmana tumanidagi 32 ta, Navbahor tumanidagi 37 ta, Qiziltepa tumanidagi 43 ta, Nurota tumanidagi 11 ta, Konimex tumanidagi 14 ta, Xatirçi tumanidagi 72 ta maktablarda qişki ta’tildan keyingi darslar boşlanadi”, — deyiladi hokimlik xabarida.

Viloyatning olis çöl, toğ va toğoldi hududlarida joylaşgan 133 ta maktabda esa öqiş 16 yanvar kunidan davom ettirilişi belgilangan.