AQŞ Kongressi vakillar palatasidagi respublikaçilar prezident Jo Baydenni jinoyat sodir etganlikda ayblamoqda. Yaqinda Vaşingtonda joylaşgan Bayden nomidagi tahlil markazi binosida uning vitse-prezidentlik davriga oid maxfiy hujjatlar topildi.
«Jo Bayden maxfiy hujjatlarni öğirlagan. Bu juda oğir jinoyat», deb yozdi Jorjiya vakili Marjori Teylor Grin ijtimoiy tarmoqda.
Uning sözlariga köra, endi AQŞ Adliya vazirligi va Milliy arxivlar va hujjatlar boşqarmasi «bu voqeani bosti-bosti qilolmaydi».
Öz navbatida, Vakillar palatasi a’zosi, deputat Ronni Jyekson prezidentni ikki tomonlama standartlar siyosatini yuritayotganlikda aybladi.
«Bayden köp yillar davomida şaxsiy kabinetida öta maxfiy hujjatlarni saqlaganini bilar edi. U bu haqda FQB xodimlari Mar-a-Lagoda (AQŞ sobiq prezidenti Donald Tramp uyida) tintuv qilganida ham bilgan va bu haqda maxsus prokurorni tayinlagan paytida ham bilgan (Tramp işini tekşiriş uçun). Bu haqda u har doim bilgan va uning Adliya vazirligidagi xodimlari baribir Trampni ta’qib qilişgan», deb yozdi Jyekson.
CBS News xabariga köra, seşanbaga ötar keçasi Vaşingtonda joylaşgan Bayden nomidagi Diplomatiya va global hamkorlik markazida önlab maxfiy hujjatlar topilgan. Ular Baydenning vitse-prezident lavozimida işlagan davriga oid bölgan.
Materiallar Baydenning şaxsiy advokatlari tomonidan 2022 yil noyabr oyidagi oraliq saylovlar oldidan topilgan. Prezidentning maxsus maslahatçisi Riçard Sauber sözlariga köra, hujjatlar Baydenning advokatlari uning ofisini böşatayotganida topilgan. Hujjatlar maxfiy bölmagan boşqa qoğozlar bilan bir jildda saqlangan. Şu bilan birga, telekanal manbalari maxfiy hujjatlarda qanday ma’lumotlar bölganiga aniqlik kiritmagan.
Fox News xabariga köra, AQŞ boş prokurori Merrik Garland Illinoys şimoliy okrugi prokurori Jon Loşni maxfiy hujjatlar topilganini tekşiriş uçun mas’ul qilib tayinlagan.
2022 yil avgust oyida FQB sobiq prezidenti Donald Trampning Mar-a-Lagodagi uyida tintuv ötkazib, prezidentlik davriga oid maxfiy hujjatlarni topgan edi. Hozirda bu iş böyiça suriştiruv davom etmoqda.
Tramp Baydenning ofisida maxfiy hujjatlar topilganini izohlar ekan, ijtimoiy tarmoqda: «FQB qaçon Jo Baydenning uyini tintuv qiladi? Balki Oq uyni ham tintuv qilar?», deb yozdi.

















