6 yanvar kuni keçqurun rossiyalik harbiy blogerlar RF qöşini Donetsk oblastining Soledar şahrini egallaş uçun janglarda muvaffaqiyatlarga erişayotgani haqida xabar bera boşladi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan e’lon qilingan bir tomonlama öt oçişni töxtatiş rejimiga qaramay, bu hududda «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi kuçlari hujum qilişda davom etgan.

Xususan, blogerlar «şaharning bir qismi nazoratga olingani», xususan «Artemsol» zavodi egallangani, şuningdek Rossiya bölinmalari göyoki «şahar markazi orqali olğa harakatlanayotgani» haqida yozişdi. Şu bilan birga Vladimir Putin tomonidan e’lon qilingan öt oçişni töxtatiş rejimi haqida tilga olinmagan.

«Sulh kuçsizlar uçun. «Vagner» XHK şturmçi guruhlari Artemovskning şimoliy-şarqiy çekkasidagi Podgorodnoye qişloğini ozod etişdi. Rojdestvoni kattalardek nişonlaşdi», deya yozgan rossiyalik harbiy muxbir Boris Rojin.

Tarmoqlarda şaharda köça janglari ketayotgani haqidagi videolar tarqaldi, harbiy muxbirlar şahar atrofidagi posyolkalar ozod etilayotgani haqida, rossiyalik ayrim spikerlar esa Ukraina qurolli kuçlari şaharni tark etişi mumkinligi haqida yozişdi.

«Öylaymanki, yaqin vaqtlar içida raqib Soledar va uning atrofidagi posyolkalarni tark etadi, duşman manbalar Ukraina qurolli kuçlari çekinişga buyruq olganini tasdiqlaşmoqda», deb yozdi «LXR» rasmiysi Vitaliy Kiselev.

Soledar atrofida intensiv janglar dekabr oyi oxirida boşlandi. Avvalroq Wall Street Journal Rossiya qöşinlari Baxmutni egallaşda Ukraina qurolli kuçlarining qattiq qarşiligiga duç kelgaç, taktikani özgartirib, qöşinlarni qayta guruhlagan holda asosiy e’tiborni Soledarga qaratganini xabar qilgandi.

«Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi jangçilari, katta ehtimol bilan Ukrainaning Donetsk oblasti Soledar şahrining katta qismini nazoratiga olgan. Bu haqda Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi 10 yanvar kuni e’lon qilgan frontdagi vaziyat böyiça şarhda aytiladi. Britan harbiy razvedkasiga köra, Rossiya kuçlari sönggi tört kun davomida Baxmutdan 10-15 kilometr masofadagi Soledar şahriga hujum qilmoqda. Xususan, janglar ikki tomon ham bir-birining ortiga ötiş imkonini beruvçi 200 kilometrlik taşlandiq tuz konlari tunneliga kiriş joyini egallaş uçun ham olib borilmoqda, deya qayd etadi idora.

Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi qöşimça qilişiça, Baxmut katta ehtimol bilan Rossiya qöşinlarining asosiy operativ maqsadi bölib qoladi, ammo ular yaqin vaqtlar içida bu şaharni örab olişi dargumon. «Baxmutga bosim kuçayganiga qaramay, rus qöşinlari uni tez orada örab olişlari dargumon, çunki Ukraina qöşinlari barqaror çuqur mudofaa çiziğini va ta’minot yöllarini nazorat qilmoqda», — deyiladi hisobotda.