Qozoğistonga Rossiya va Özbekiston bilan «uçtomonlama gaz ittifoqi» taşkil etiş böyiça rasmiy taklif kelib tuşmadi, dedi Qozoğiston boş vaziri Alixon Smailov. Uning aniqlik kiritişiça, hozir Qozoğiston Rossiya bilan gaz sohasida hamkorlik böyiça muzokaralar olib bormoqda. 

«Ayni paytda biz «uçtomonlama gaz ittifoqi»ni taşkil etiş böyiça rasmiy takliflarni olmadik. Qaçon olsak, şunda körib çiqamiz», deb Smailov sözlarini keltirdi TASS. 

Uning ta’kidlaşiça, yaqin orada «Gazprom» bilan yana bir muzokaralar rejalaştirilgan. «Bu munosabatlarning barçasi tijorat va özaro manfaatli asosda quriladi», dedi Qozoğiston boş vaziri. 

«Uçtomonlama gaz ittifoqini» taşkil etiş masalasi 2022 yil noyabrida Rossiya va Qozoğiston prezidentlari Vladimir Putin va Qosim-Jömart Töqayev örtasidagi uçraşuvda muhokama qilingan edi. 8 dekabr kuni Özbekiston energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov mamlakat gazni tijorat şartnomalari asosida import qilişni rejalaştirayotganini, buning uçun «qandaydir alyans yoki ittifoqda» iştirok etiş şart emasligini aytdi.