Bunga qadar bu lavozimni Sergey Surovikin egallab turgandi - u endi Gerasimovga örinbosarlik qiladi. Qömondonga yana ikki örinbosar tayinlangan - Quruqlik qöşinlari boş qömondoni Oleg Salyukov va Boş ştab boşliği örinbosari Aleksey Kim.

«Maxsus amaliyotga rahbarlik darajasi oşişi hal etilajak vazifalar kölami kengayişi, qöşinlar turlari orasidagi yanada yaqinroq hamkorlikni taşkil etiş zarurati bilan boğliq», deya izoh bergan RF mudofaa vazirligi.

Surovikin Ukrainadagi qöşinlarga uç oy davomida qömondonlik qildi, u oktyabr oyi boşida bu lavozimga tayinlangandi. Öşanda tayinlovdan 10 kun ötib u hukumat bosqin boşidan buyon ilk bor teleefir orqali namoyiş etgan ilk rossiyalik harbiy qömondonga aylangandi.

«Rossiya 24» telekanalida namoyiş etilgan çiqişida Surovikin Xerson böyiça «oddiy bölmagan qarorlar» qabul qilişga töğri kelişini aytgandi. Keyingi oyda esa şahar taşlab çiqildi. Versiyalardan biriga köra, Surovikinning tayinlanişi Kreml Rossiya uruş boşidan buyon egallab olgan yagona oblast markazidan qöşinlar olib çiqilişi uçun javobgarlikni kimgadir yuklaş istagi bilan boğliq bölgan.

Yakunda çekiniş töğrisidagi qarorni Sergey Şoygu Surovikinning hisobotidan keyin qabul qildi, Putin esa bu holatga hatto izoh bermadi. Bir neça kun ötib u videoaloqa orqali Tyumen oblastida kurka yetiştiriş böyiça zavod oçilişi marosimida iştirok etdi.

Surovikinning tayinlanişi Rossiya harbiy qömondonligi, jumladan Valeriy Gerasimovga nisbatan misli körilmagan tanqidlar tölqini fonida sodir bölgandi. Yangi qömondon  nafaqat harbiy blogerlarga, balki mudofaa vazirligining doimiy tanqidçisiga aylangan «Vagner» asosçisi Yevgeniy Prigojin hamda uning hammaslagi, Çeçeniston rahbari Ramzan Qodirovga ham juda ma’qul bölgandi. Amerikadagi Uruşlarni tadqiq etiş instituti ekspertlari hatto Xersonning boy berilişi ham Surovikinning uruş tarafdorlari orasidagi obrösini tuşira olmaganini qayd etişgan.

Şu kunlarda yana bir jiddiy tayinlov röy bergani ma’lum qilingandi. «Markaz» qöşinlar guruhi rahbari ekanida harbiy xatoliklar uçun qattiq tanqid qilingan va lavozimidan ozod etilgan general-polkovnik Aleksandr Lapin, OAV ma’lumotiga köra, endi RF qurolli kuçlari quruqlik qöşinlari Boş ştabi boşliği etib tayinlangan. Qodirov, Prigojin va harbiy blogerlar Rossiya armiyasining kuzdagi muvaffaqiyatsizliklarida, jumladan Donetsk oblastining Liman şahridan çekinilişida aynan Lapinni ayblaşgandi.