Tadbir Diriy biyennale fondi va Saudiya Arabistoni Madaniyat vazirligi hamkorligida taşkil etilmoqda. Bu haqda Özbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasi xabar bermoqda..

Biyennalening boş mavzusi “Avval bayt” deb nomlanib, u arab tilida “birinçi uy” degan ma’noni bildiradi. Avval Bayt – Qur’oni karimda keltirilgan ibora bölib, u musulmonlarning eng muqaddas maskani – Makkadagi Ka’baga nisbatan qöllaniladi.

Taşkilotçilarning qayd etişiça, tadbir an’analarni saqlaşni qöllagan holda, innovatsiyalarni ilgari suradi. Unda san’at sohasidagi ma’naviy izlanişlar uning barça körinişdagi badiiy ifoda va şakllarida taqdim etiladi.

Tadbirda Özbekiston tarixiy merosini Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasi taniştiradi.

“Islom san’ati biyennalesida Özbekistonning bebaho eksponatlari turkumini taniştiriş biz uçun katta şaraf. Yurtimizning boy merosini xalqaro hamjamiyatga namoyiş etiş hamda xalqaro hamkorlikni yölga qöyiş Özbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasining muhim vazifasi hisoblanadi. Biyennaleda iştirok etiş – bu işlarni amalga oşiriş uçun ajoyib imkoniyatdir”, – deydi Jamğarma kengaşi raisi örinbosari Saida Mirziyoyeva.

Jiddadagi körgazmada Özbekiston madaniy merosini aks ettiradigan 17 ta eksponat namoyiş etiladi. Islom olamining muhim qölyozmalaridan biri bölgan VIII asrga oid Kattalangar Qur’onining bir neça sahifasi, XVII asrga oid “Imom al-Buxoriyning Al-Jome’ as-Sahih” hadislar töplami, Samarqand va Afrosiyobning X-XII asrlarga oid sopol köza va kosalari, milliy liboslar, poyabzallar va boşqa noyob eksponatlar şular jumlasidandir.

Özbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasi ijroçi direktori Gayane Umerovaning ma’lum qilişiça, islom san’ati biyennalesi – uşbu nodir madaniyat bilan boğliq loyihalarni namoyiş etiş imkonini beruvçi muhim xalqaro tadbirdir.

“Özbekiston boy tarixga ega, ötmişimizning aksariyat qismi islom an’analari bilan çambarças boğliq. Mamlakatimiz tomonidan namoyiş etilayotgan eksponatlar jahon hamjamiyatining ularni örganişga bölgan qiziqişini oşirişga qaratilgan”, – deydi u.